Abonentlarga
Yangiliklar
2014
09
09
TeliaSonera rahbariyati a’zolari hamda sarmoyadorlarining O‘zbekistondagi Ucell Kompaniyasiga uyushtirgan tashrifi samarali o‘tdi!

TeliaSonera rahbariyati a’zolari hamda sarmoyadorlarining O‘zbekistondagi Ucell Kompaniyasiga uyushtirgan tashrifi samarali o‘tdi!

3-4 sentyabr kunlari, TeliaSonera Guruhining 12 nafar asosiy sarmoyador vakillari va TeliaSonera rahbariyati O‘zbekistonga tashrif buyurdilar. Tashrifning asosiy maqsadi, Ucell Kompaniyasining  faoliyati bilan yaqindan tanishish, TeliaSonera qabul qilgan ichki siyosati bo‘lmish Axloq Kodeksi, barqaror biznes yuritish standartlarini Ucell tomonidan amalda qo‘llanilishining o’rganib chiqilishi bo‘ldi. Mehmonlar Qozog’istondagi Ucell Kompaniyasining sho’ba korxonalaridan biri bo‘lmish Kcell kompaniyasidan O‘zbekistonga tashrif buyurdilar. Sarmoyadorlar TeliaSonera, Kcell va Ucell vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot tarzidagi samarali uchrashuvlardan mamnun bo‘ldilar.    

O’zbekistonga bo‘lgan tashrif davomida, Shvedsiya va Finlyandiya hukumati a’zolaridan tashkil topgan guruh, o‘zbek bozorining rivojlanishi, Ucell hodimlari bilan suhbatdan, hukumat hamda mahalliy bizness hamkorlar va xalqaro institutlar vakillari bilan uchrashuvlarni yuqori baholadilar. 

Shuningdek, tashrif davomida sarmoyadorlar TeliaSonera Vitse-Prezidenti va Evrosiyo mintaqasi rahbari boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining raisi - janob Xurshid Mirzohidov bilan uchrashishga muyassar bo‘ldilar. Uchrashuv davomida, telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etuvchi mobil operatorlar bilan o‘zaro hamkorlik, O‘zbekistonda IT sohasini rivojlantirish hamda TeliaSonera kompaniyasi bilan kelajakda amalga oshiriladigan rejalar haqida so‘z bordi.   

Tashrif buyurgan vakillar O‘zbekistonda jamiyat va guruh rivoji uchun ochiq hamda barqaror biznes yuritishga o‘z diqqat e’tiborini qaratgan Ucell Kompaniyasining faoliyatini yuqori baholadilar. Kompaniya O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bir qator qonunlar, xalqaro normalar, TeliaSonera qabul qilgan Axloq kodeksiga, antikorrupsiya ichki dasturida keltirilgan qoidalarga amal qilishga harakat qilmoqda. TeliaSonera Senior Vitse-Prezidenti va korporativ kommunikatsiyalar guruhi rahbari Piter Borsos, O‘zbekistonga tashrifi doirasida quyidagilarni ta‘kidladi: "Tashrif samarali o’tganidan mamnunman. Sarmoyadorlarimizning fikricha, barqarorlik bo‘yicha yuzaga kelgan masalalarni Ucell Kompaniyasi hal etib kelmoqda. Sarmayodorlar guruhi a’zolari tashrif davomida olgan tassurotlaridan mamnun bo’ldilar. Barqaror biznes yuritish mavzusi doimiy izlanishlarni talab qilsada, Ucell to‘g‘ri yo‘lni tanlaganligi muhim ahamiyatga ega".

2014 yilning 15 sentabridan Ucell Bosh Direktori lavozimini egallaydigan Tonu Gryunbergning ta’kidlashicha, sarmoyadorlarning tashrifi ayni muddao bo‘lib, Ucell har qachongidan ham faolroq rivojlanishi hamda yangi innavatsion xizmatlarni taqdim etish uchun sarmoya kiritishni davom ettiradi.

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.