Abonentlarga
Yangiliklar
2020
09
18
«SDS Carrier Solutions» MChJ kontent-provayderi bilan hamkorlikda «Videogudok» servisining ishga tushirilishi

«SDS Carrier Solutions» MChJ kontent-provayderi bilan hamkorlikda «Videogudok» servisining ishga tushirilishi

«Videogudok» (Video Ring Back Tone – VRBT) xizmati – bu innovatsion ko‘ngilochar servis bo‘lib, unda har qo‘ng‘iroqda chaqiruvchi tomon zerikarli gudok o‘rniga o‘z smartfoni ekranida chaqiriluvchi tomon o‘rnatgan videoroliklar tomoshasidan bahra olishi mumkin bo‘ladi.

«Videogudok» xizmatiga obuna bo‘lgan har bir abonent Android operatsion tizimli smartfonlarga ilovani havolasi bo‘yicha o‘rnatib olishi va uni faollashtirishi mumkin. Abonentlar video yuklashni ilova orqali boshqarishlari: barcha yoki ma’lum bir abonentlar uchun gudokka video o‘rnatishlari mumkin. Juda tez orada yana quyidagi funksiyalar ham ishga tushadi: kontaktlarni «oq ro‘yxat»ga qo‘shish, kontaktlarni «qora ro‘yxat»ga qo‘shish orqali bloklash, videogudokni muayyan vaqt va kunga o‘rnatish, yuklashlar tarixini ko‘rish, videoni tahrirlash, xizmatga obuna bo‘lgan va ilovani o‘rnatgan boshqa abonentga videoni hadya etish. Gudokka videoni o‘z galereyasidan ham, ilovada taklif etilgan turli saytlar (masalan, YouTube va h.k.) videokontentidan ham yuklash mumkin. Chaqiruv paytida videoni ovozsiz rejimga qo‘yish imkoni ham bor. Shuningdek, qo‘ng‘iroq vaqtida chaqiruvchi tomon videoni ko‘chirib olishi ham mumkin.
Mazkur xizmat Prepaid va Postpaid tizimlari abonentlari uchun ishlab chiqilgan. Videogudokni tomosha qilish uchun har ikkala abonent xizmatga obuna bo‘lishlari, ilovani o‘rnatishlari va internetga ulangan bo‘lishlari lozim.
Xizmat kunlik obuna asosida amalga oshiriladi. Xizmatni ulatish uchun abonentlar istalgan bir (o‘chirish uchun belgilangan «СТОП», «STOP» kalit so‘zlaridan tashqari) so‘zni xizmatning 8090 qisqa raqamiga SMS-xabar orqali yuborishlari lozim. Faollashtirish so‘roviga javoban abonentga ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi, shuningdek xizmat haqida, uning narxi va obunani bekor qilish shartlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot beruvchi SMS-bildirishnoma keladi.

Birinchi ulanishda barcha abonentlar xizmatdan 3 (uch) kun bepul foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar. Keyingi kunlari kunlik obuna asosida abonent hisobidan har kuni 842 so‘m miqdorida abonent to‘lovi yechiladi. Obuna uchun to‘lov to abonent xizmatga obunani bekor qilgunicha, yoki xizmat to‘xtatilgunicha yechib olinadi.

Xizmatni o‘chirish uchun «STOP» yoki «СТОП» so‘zini 8090 servis raqamiga SMS-xabar orqali yuborish lozim. 
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.