Abonentlarga
FunZone
Aksiya va viktorinalar

Aksiya va viktorinalar

«Rost Yoki Yolg‘on» viktorinasi
Xizmat nomi Xizmat haqida ma’lumot Xizmat raqami QQS bilan narxi Kontent-provayder Xizmat turi
Promo-Aksiya
“MIA-MAA”
Aksiya tavsifi:
Iste’molchi “MIA-MAA” mahsulotini xarid qiladi, stikerda 8 belgidan iborat kodni topadi va uni 8899 qisqa raqamiga SMS shaklida yuboradi. 8899 qisqa raqamidan SMS-xabar oladi. Undan so‘ng, abonent promo-kodni muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi SMS-xabar oladi. Agar ishtirokchi noto‘g‘ri SMS-xabar yuborsa, unga xatolik haqida javob SMS-xabar yuboriladi.
Tafsilotlarni Call-markazning 78-888-88-99 ishonch raqami orqali, shuningdek https://levelup.uz/index_ru.html#projects  veb-saytidan olishingiz mumkin.

Aksiya muddati: 2022-yil 5-avgustdan 2022-yil 31-dekabrgacha.

Mukofot fondi:
• UzAvtoMotors avtomobillari - 36 dona.
• Turli xil maishiy texnika.
Aksiya g‘oliblari har yakshanba kuni 21.20da Zo‘r TV telekanalining har hafta o‘tkaziladigan jonli efir o‘yinida aniqlanadi.
Sovrinlar Tashkilotchi “MIA-MAA” MChJ tomonidan beriladi.
Sovrinlar o‘ynash va berish uchun barcha javobgarlik “Level Up Solutions” kontent-provayderida.

Operator Abonentlarga sovrinlarning o‘z vaqtida va lozim darajada berilmaganligi, promo-aksiya va sovrin jamg‘armasining shartlarini bajarilishi uchun javobgar emas.


Xizmatni yoqish/o‘chirish tartibi:
Abonent 8899 qisqa raqamiga promo-kodli SMS-xabar yuboradi. Shunda 8899 qisqa raqamidan abonentdan 100 so‘m undiriladi. Obunani bekor qilish shart emas, chunki xizmat obunani talab qilmaydi. 
8899 100 so‘m/SMS “Level up Solutions” MChJ SMS
«Yutuq 3 million» аksiyasi «Yutuq 3 million» aksiyasi

Aksiya haqida:
Portal 8888 xizmat raqamiga qo‘ng‘iroq qilish va tanishuvlar shahriga kirish imkonini beradi. Abonent xizmatga obuna bo‘lganidan so‘ng, u avtomatik ravishda joriy oy uchun aksiya ishtirokchisiga aylanadi. Aksiya o‘tkazilish muddati davomida abonentga 8888 IVR portalidan bepul foydalanish imkoniyati taqdim etiladi. Xizmat keyingi oydan boshlab pullik bo‘ladi.
Sovrin sifatida 3 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti taqdim etiladi. Yutuqli o‘yin har oyning oxirida «Zamin Mobile» YouTube-kanalida o‘tkaziladi.
Har bir yutuqli o‘yin doirasida faqat bir nafar g‘olib aniqlanadi (barcha abonentlar orasida). G‘oliblar «Zamin Mobile» MChJ tomonidan ishlab chiqilgan (randomizer dasturi tamoyili asosida ishlaydigan) dastur yordamida tasodifiy tarzda aniqlanadi.

Aksiyaning o‘tkazilish muddati: 2022-yil 1-iyuldan 2023-yil 31-iyulgacha.

Xizmatni ulatish / o‘chirish tartibi:
Xizmatni faollashtirish uchun abonent 8888 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiladi yoki 123 raqamiga H harfini SMS tarzida jo‘natadi. Abonent 123 qisqa raqamiga STOP H matnli SMS yuborib yoki shaxsiy kabinet orqali 8888 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xizmatni o‘chirishi mumkin.

Xizmat narxi:
Abonentga 8888 IVR portalidan bir oy bepul foydalanish imkoni beriladi, keyin xizmat narxi kuniga 336,80 so‘mni tashkil qiladi.
8888
123
336,80  so‘m/kun Zamin Mobile SMS/IVR
«Ucell» viktorinasi «Ucell» viktorinasi – bu interaktiv xizmat bo‘lib, abonentlar unda turli sohalar bo‘yicha o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari hamda savollarga javoblarni to‘g‘ri va eng tez taqdim etgan holda sovrin olish uchun bellashishlari mumkin. Mazkur Viktorina lotereya yoki qimor o‘yini hisoblanmaydi. Viktorinada ishtirok etishdan maqsad abonentning turli bilim sohalari bo‘yicha savollarga javob berish yo‘li bilan o‘z zakovatini tekshirishidir.
Viktorina ishtirokchilari har kun davomida Yo‘riqnomalardan foydalanish imkoniga egalar, ularning har biri muayyan xususiyatlarga ega:
«50/50» – Ushbu yo‘riqnomani qo‘llaganda 2 ta noto‘g‘ri javob yashiriladi. Narxi: QQS bilan kuniga 407 so‘m. Bepul davr taqdim etilmaydi.
«Adashish huquqi» – bitta noto‘g‘ri javob hisobga olinmaydi, ishtirokchi shu savolning o‘ziga qayta javob berishi mumkin. Agar ishtirokchi to‘g‘ri javobni tanlasa, u holda yo‘riqnoma ishlatilgan hisoblanadi. Narxi: QQS bilan kuniga 407 so‘m. Bepul davr taqdim etilmaydi.
«Ishtirokchilar yordami» – tizim Viktorina ishtirokchilarining javoblari ommabopligini foizlarda ko‘rsatadi.  Narxi: QQS bilan kuniga 407 so‘m. Bepul davr taqdim etilmaydi.
«Sekinlatish» – savolga javob berishga sarflangan vaqt yarmiga bo‘linadi. Narxi: QQS bilan kuniga 407 so‘m. Bepul davr taqdim etilmaydi.
«Boshqatdan o‘ynash» – tizim raundni qaytadan o‘ynash imkonini beradi. Eng yuqori natija o‘yinchilarning yakuniy hisob-kitobida inobatga olinadi.  Narxi: QQS bilan kuniga 407 so‘m. Bepul davr taqdim etilmaydi.
Sovrin jamg‘armasi:
Viktorina o‘tkazilishining har bir kalendar kuni (Toshkent vaqti bo‘yicha 00:00:00 dan 23:59:59 gacha) natijalariga ko‘ra, to‘g‘ri javoblar miqdori va savollarga javob berish vaqti bo‘yicha dastlabki 3 (uch) o‘rinni egallagan ishtirokchilar har kuni, o‘yin kuni tugaganidan keyin bir sutka davomida aniqlanadi.
1-O‘rin – 250 000 so‘m;
2-O‘rin – 200 000 so‘m;
3-O‘rin – 150 000 so‘m.
Sovrinlarning qo‘shimcha yutuqli o‘yini. «Marafonlar»
Maxsus yutuqli o‘yinlar o‘tkazilishining muayyan davrida kamida 5 marta o‘yin kunining barcha savollariga javob bergan va yakuniy reytingga kirgan ishtirokchilar qo‘shimcha yutuqli o‘yin – «Marafon»da qatnashish imkoniga ega bo‘ladilar.
Yutuqli o‘yin o‘tkazilishi davrida o‘yin kunidagi o‘zining eng yaxshi natijasi yakunlariga eng kam vaqtda eng ko‘p miqdorda to‘g‘ri javoblar bergan dastlabki 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi.
O‘tkazilish vaqti: Har oyda.
«Marafonlar» qo‘shimcha yutuqli o‘yini sovrinlari:
1-O‘rin: 4 000 000 so‘m.
2-O‘rin: 3 000 000 so‘m.
3-O‘rin: 2 000 000 so‘m.
Sovrinlarning qo‘shimcha yutuqli o‘yini. «Duel» mini-o‘yinlari – bu Viktorinaning qo‘shimcha yutuqli o‘yini bo‘lib, alohida turnirlar doirasida o‘tkaziladi. Unda yutuqli o‘yin o‘tkazilishigacha kamida 14 marta o‘ynagan Viktorina ishtirokchilari qatnasha oladilar.
O‘tkazilish vaqti: Yilda 1 marta.
Bosh sovrin:
500 000 0000 so‘m.

Viktorinaga obuna narxi: 1684 so‘m/kun.

Har bir yo‘riqnomaga obuna narxi: 407 so‘m/kun.
Viktorina o‘tkazilish muddati
: 2022-yil 15-iyundan 2023-yil 15-iyungacha.

Ulanish:
https://quiz.ucell.uz veb-saytida
ro‘yxatdan o‘tish – tegishli tugmachani bosish
3434 raqamiga istalgan matnli SMS yuborish

O‘chirish:
3434 raqamiga STOP matnli SMS yuborish

Narxlash 34349, 35790 raqamlaridan kiruvchi ko‘rinmas SMS-xabar orqali amalga oshiriladi.

Qo‘shimcha ma’lumot bilan https://quiz.ucell.uz saytida tanishish mumkin.
3434
34349
35790
1684 so‘m/kun
407 so‘m/kun
ArBoost  
FLASH UP Aksiyasi   «Flash Up» savdo belgisi O‘zbekiston hududida promo-kampaniya o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Mazkur promo-kampaniya doirasida ichimlik xaridorlari orasida sovrinlar o‘ynaladi.
Xizmat mexanizmi: Aksiya ishtirokchisi qopqog‘ida 9 xonali betakror kod bo‘lgan «Flash Up» SB mahsulotini sotib oladi. Ishtirokchi topilgan kodni SMS vositasida 3800 qisqa raqamiga yuboradi yoki kodni www.flashup-promo.uz internet-saytida ro‘yxatdan o‘tkazadi.
Samarali ro‘yxatdan o‘tkazsa, abonent Aksiyada samarali ro‘yxatdan o‘tkazganligi haqidagi maqomi aks etgan SMS oladi.
Ishtirokchi noto‘g‘ri SMS-xabar yuborsa, unga javoban xatolik haqidagi SMS keladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan har beshta kod uchun ishtirokchi kafolatlangan sovrin oladi.
Aksiyaning boshlanish davrida zaryad darajasi 0%ni tashkil etadi, u har bir ro‘yxatdan o‘tkazilgan kod bilan 0,0001%ga ko‘tarilib boradi. Aksiya davrida u zaryadning 100%lik maksimal darajasiga yetishi mumkin.
Aksiya tashkilotchisi: «INTER FOOD PLUS» MChJ.
Aksiyaning o‘tkazilish qoidalari, sovrinlar miqdori, ularni olish muddatlari, joyi va tartibi bilan www.flashup-promo.uz  saytida tanishib chiqish mumkin.

Аksiya muddati 20.05.2022 dan 31.08.2022. gacha

3800 raqamiga chiquvchi har bir SMS-xabar narxi – 84.20 so‘m.
3800 84,20 UZS/ SMS PLAY MOBILE SMS
YOSHLAR telekanalida TV-viktorina 1. Xizmat nomi: «YOSHLAR telekanalida TV-viktorina».
2. Xizmat haqida:
Abonentlar uchun televizion o‘yin SMS, IVR-interaktiv kommunikatsiyalar shaklida bo‘ladi. Telekanalning jonli efirida boshlovchi auditoriyani qandaydir savolga to‘g‘ri javob berish va pul mukofotini olishga chaqiradi. Topshiriqlar har xil bo‘lishi mumkin: ishtirokchilar adabiyot, tarix, geografiya, madaniyat bo‘yicha maktab dasturidan boxabar bo‘lishlari lozim. O‘zbekistonning Mustaqilligiga va boshqa yubiley sanalariga yoki O‘zbekistonning atoqli insonlariga bag‘ishlangan mavzuli savollar ham bo‘ladi.

Ko‘rsatuv haftasiga 7 marta 40 daqiqa mobaynida Jonli efirga chiqadi.  SMS-xizmat (3223 qisqa raqami) ishtirokchilari random usulida tanlab olinadi. IVR-xizmat ishtirokchilari 0779 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari va qatnashishlari mumkin. Ekranda savol va uchta javob varianti aks etadi, ishtirokchilar undan to‘g‘ri javob variantini tanlashlari kerak bo‘ladi.
3. Xizmatni faollashtirish/o‘chirish xizmat kodini jo‘natish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
TV-viktorinada ishtirok etish uchun abonent 3223 qisqa raqamiga SMS tarzida X buyrug‘ini jo‘natadi. Shuning o‘zi bilan xizmat faollashadi. Keyin 789 qisqa raqamidan abonentga xizmat faollashganligi haqida va xizmatni o‘chirish usullari ko‘rsatilgan matnli (bepul) xabar keladi. 3223 raqamiga chiquvchi xabar narxi – 125 so‘m. 3223 qisqa raqami ulanish va pul yechilishi uchun zarur.
• Viktorinada ishtirok etishning asosiy sharti «VIPCHAT» xizmatiga obuna bo‘lish hisoblanadi, mazkur web-xizmatga obunasiz viktorinada ishtirok etib bo‘lmaydi. Mazkur shart jonli efirda bir necha marta boshlovchi tomonidan aytiladi, shuningdek, kontent-provayderning sahifasidagi ofertada ham yozib qo‘yiladi.
• «VIPCHAT» xizmatining abonent to‘lovi kuniga 999 so‘mni tashkil etadi. Narxlash 0987 raqami orqali amalga oshiriladi.
• «VIPCHAT» xizmatiga obunani bekor qilish Abonent tomonidan 789 qisqa raqamiga Stop chat buyrug‘ini jo‘natish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
• 3223 qisqa raqamiga SMS jo‘natishi Abonentning TV-viktorina shartlariga to‘liq roziligini, shuningdek, Tashkilotchilardan ma’lumot beruvchi SMSlar olishga roziligini anglatadi.
3223 125 so‘m/har bir xabar “Level up Solutions” MChJ SMS
Coca-Cola promo-aksiyasi  Aksiyaning amal qilish muddati: 06.08.2021 dan to 01.10.2021 gacha.

Aksiyada ishtirok etish shartlari:
1. Aksiya ishtirokchisi promo-qadoqdagi mahsulotni xarid qilishi lozim.
2. Qopqoqning ichki tomonida betakror 10 belgili kodni topishi lozim.
3. Topilgan kodni, o‘z ism-familiyasini 5580 qisqa raqamiga SMS yuborish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tishi lozim. Masalan, 12SDFW7Z35 Shokirov Ilhom
4. Ro‘yxatdan o‘tish samarali kechsa, abonent quyidagicha SMS oladi:
a. «Siz ro‘yxatdan samarali o‘tdingiz. Tabriklaymiz! Sizning kodingiz yutuqli. Sizning yutug‘ingiz – 5 GB internet-trafik.» yoki «Siz ro‘yxatdan samarali o‘tdingiz. Tabriklaymiz! Sizning kodingiz yutuqli. Sizning yutug‘ingiz – quloqchin.»,
b. «Siz ro‘yxatdan samarali o‘tdingiz. Sizning kodingiz yutuqsiz. Yana bir marta omadingizni sinab ko‘ring.»
5. Ishtirokchi noto‘g‘ri SMS-xabar yuborsa, unga javoban xatolik haqidagi SMS-xabar hamda to‘g‘ri yozish namunasi ko‘rsatilgan SMS-xabar yuboriladi.
6. 5 GB internet-trafik yutgan abonent 5580 qisqa raqamidan SMS shaklida USSD-kod oladi.
7. Internet-trafik *570*14 xonali maxsus raqam# USSD-kodini terish yo‘li bilan faollashtiriladi.
8. Mobil aloqa xizmatlari to‘plamining amal qilish muddati – faollashtirish kunidan boshlab 30 kun.
9. Shuningdek, abonentlar kodni www.promo.coca-cola.uz saytida ham ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin.

Ucell abonentlari uchun aksiyaning sovrin jamg‘armasi:
1. Internet-to‘plamlar (5 GB) – 18150 ta.
2. Portativ kolonkalar va quloqchinlar.

Aksiya Tashkilotchisi: «Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan, Ltd»
Tashkilotchi haqida, aksiyaning o‘tkazilish qoidalari, sovrinlar soni, ularni olish muddatlari, joyi va tartibi haqidagi ma’lumot manbasi: http://www.promo.coca-cola.uz saytida.
Bog‘lanish uchun telefon: 78 888 5580.

2. Xizmatga ulanish/o‘chirish tartibi:
5580 qisqa raqamiga SMS yuborishi abonentning aksiya shartlariga to‘liq roziligini, shuningdek, aksiya Tashkilotchisidan axborot va ma’rifiy SMSlar olishga roziligini anglatadi.
5580 Har bir xabar uchun 100 so‘m  “Level up Solutions” MChJ SMS
«Inglizcha va ruschani o‘rganamiz» servisiga aksiya  Uzbekmobile kontent-provayderining «Inglizcha va ruschani o‘rganamiz» servisiga obuna bo‘lib, har haftada 3 000 000 so‘m + Xiaomi Redmi Note 9 telefoni yutib olish imkoni mavjud.
Qimmatbaho sovrinlar egasi bo‘lish imkonini qo‘lga kiritish uchun, 1400 qisqa raqamiga (STOP so‘zidan boshqa) istalgan so‘zni SMS tarzida yuborib, «Inglizcha va ruschani o‘rganamiz» servisiga obuna bo‘lish lozim.

Servis haqida: 1400 qisqa raqami bo‘ycha ta’limiy servis. Obunani amalga oshirganlaridan so‘ng abonentlar ishtirok etishning bir necha modellarini tanlay oladilar – savollarga javob berish, testdan o‘tish yoki tanlangan o‘quv fanini o‘rganish. Ta’lim dasturiga eng talabgir fanlar kiradi. Masalan, ingliz tili, rus tili, ona tili, matematika, informatika, tarix, geografiya va boshqa umumta’lim fanlari. Shuningdek, abonentlarda o‘zlarining boshqa sohalardagi bilimlarini sinab ko‘rish imkoni ham mavjud. Aniq savol misollari o‘zini tekshirib ko‘rish uchun tavsiya etilgan. Servis doirasida abonentlar o‘zlarining intellektual qobiliyatlari evaziga ballar oladilar.

Sovrinlar grafigi:

2021-y. iyun: 3 000 000 so‘m + telefon (oyda 2 nafar g‘olib aniqlanadi)

2021-y. iyul: 3 000 000 so‘m + telefon (oyda 4 nafar g‘olib aniqlanadi, har haftada 1 nafardan g‘olib)

2021-y. sentabr: 3 000 000 so‘m + telefon (oyda 4 nafar g‘olib aniqlanadi, har haftada 1 nafardan g‘olib)

2021-y. oktabr: 3 000 000 so‘m + telefon (oyda 4 nafar g‘olib aniqlanadi, har haftada 1 nafardan g‘olib)

2021-y. noyabr: 3 000 000 so‘m + telefon (oyda 4 nafar g‘olib aniqlanadi, har haftada 1 nafardan g‘olib)

2021-y. dekabr: 3 000 000 so‘m + telefon (oyda 4 nafar g‘olib aniqlanadi, har haftada 1 nafardan g‘olib)

U yoki bu davrda eng ko‘p miqdorda ball to‘plagan abonent sovrin egasi bo‘ladi.
Ballarni tekshirish uchun 1400 qisqa raqamiga «BALL» so‘zini SMS tarzida yuborish lozim. Batafsil ma’lumot olish uchun 1400 qisqa raqamiga «HELP» so‘zini SMS tarzida yuborish lozim.
Batafsil ma’lumot bilan saytda tanishish mumkin: http://umobile.uz/15-2/

Narxi – kuniga 499 so‘m.

Servisga obunani bekor qilish uchun 1400 qisqa raqamiga «STOP» matnli SMS yuborish lozim. Ishtirokchi 1400 servis raqamiga «STOP» buyrug‘idan boshqa istalgan SMS yuborish bilan servisga kunlik obunani yangilashi mumkin.

Aksiya muddati: 18.06.2021-y.dan 31.12.2021-y.gacha (shu kunlari ham).
1400, 6100 Kuniga 499 so‘m “Uzbekmobile” MChJ SMS
Yoshlar telekanalida “Har kuni million” viktorinasi 1. Xizmat nomi: «YOSHLAR» telekanalida «Har kuni million» viktorinasi.
2. Xizmat tavsifi:
Abonent / teletomoshabinga YOSHLAR telekanalida viktorinaning jonli efirida 0779 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish va aql va bilimidan foydalanib pul mukofotini yutib olish imkoniyati beriladi. Efir boshida boshlovchilar viktorina qoidalari va ishtirok etish narxini tushuntiradilar.

3. Xizmatga ulanish/bekor qilish tartibi xizmat kodini jonatish orqali amalga oshiriladi.
1. Viktorina jarayonida telekanal studiyasiga 0779 raqamiga qo‘ng‘iroq qilinganda, avtoinformator javob beradi va qo‘ng‘iroq narxi to‘g‘risida quyidagilarni ma'lum qiladi:
Telekanalning ko‘ngilochar portaliga hush kelibsiz, qo‘ng‘iroq pullik! 1 daqiqa narxi 3000 so‘m. Siz bosh menyudasiz, bo‘limni tanlang, jonli efirga kirish uchun 1 ni bosing;
2. 1 tugmachasini bosish orqali abonent qo‘ng‘irog‘i telekanal efiriga yo‘naltiradi;
3. Viktorina ishtirokchisi qo‘ng‘irog‘i telekanal efiriga yo‘naltirilganda:                              
• agar efir raqami band bo‘lmasa, qo‘ng‘iroq efirga uzatiladi va abonent Viktorinada qatnashadi;
• agar raqam boshqa ishtirokchining qo‘ng‘irog‘i bilan band bo‘lsa, abonentga efir bandligi to‘g‘risida xabar beriladi: Hozirda qo‘ng‘iroqlar ko‘p. Siz navbatga qoyildingiz.  Iltimos aloqada qoling, biz sizni jonli efirga ulaymiz.
4. Viktorinaning telekanal studiyasiga qo‘ng‘iroq qilib tusha olgan uchinchi ishtirokchisi, taqdimotchining savoliga to‘g‘ri javob bergan viktorina g‘olibi deb e'lon qilinadi;
5. Jonli efirga qo‘ng‘iroq qilib tushilganda, abonentga savol beriladi, unga abonent to‘g‘ri javob berishi kerak bo‘ladi. Viktorinaning shartlariga ko‘ra, agar javob noto‘g‘ri bo‘lsa, abonent bilan xayrlashiladi va navbatdagi qo‘ng‘iroq jonli efirga uzatiladi. Agar javob to‘g‘ri bo‘lsa, abonentga uning mobil hisob raqamiga o‘tkaziladigan pul miqdori ko‘rinishidagi mukofot sovrini beriladi;
6. Viktorinada cheksiz marta ishtirok etishingiz mumkin;
7. G‘olib viktorina sovriniga ega bo‘lishga haqli;
8. Sovrinlarni taqdim etish tartibi va ularning soni KONTENT PROVAYDER tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
  11-soniyadan qo‘ng‘iroqning har daqiqasi uchun 3 000 so‘m  “Level up Solutions” MChJ IVR
«RESTART AUTOPROJECT» promo-aksiyasi "RESTART AUTOPROJECT" reklama aksiyasi xaridorlarning e‘tiborini sotib olingan mahsulotlarning haqiqiyligini tekshirishga va asl motor moylarini targ‘ib qilishga qaratilgan.


Aksiyani o‘tkazish muddati: 2021 yilning 17 mart sanasidan 31 dekabr sanasigacha.

O‘yinni o‘tkazish, g‘oliblarni aniqlash – 2021 yil 31 dekabrgacha.
Asosiy mukofot topshirilgandan so‘ng, ushbu xizmat faqat sotib olingan mahsulotlarning haqiqiyligini tekshirish uchun ishlaydi (sovrinlar yutuqlarisiz, 31.12.2022 yilgacha).

Xizmat mexanikasi:

Aksiya davomida quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan mahsulotlarni xarid qilish kerak bo‘ladi, motor moyi uchun idishning old tomonida stiker mavjud, stikerning yuqori qatlamini o‘chirish va promokodini topish kerak bo‘ladi:

Mahsulot markasi Hajmi
FUCHS 1 l., 4 l., 5 l., 60 l., 205 l.
SRS 1 l., 4 l., 5 l., 60 l., 208 l.
NORTH SEA LUBRICANTS 1 l., 4 l., 5 l., 20 l., 60 l., 200 l.
FOSSER 1 l., 3 l., 4 l., 5 l., 60 l., 208 l.
MEGUIN  1 l., 4 l., 5 l., 60 l., 200 l.
LIQUI MOLY 1 l., 4 l., 5 l., 60 l., 205 l.

1.1. Promo-kodni SMS-xabar orqali 9500 qisqa raqamiga yuboring (100 so‘m). Bunga javoban, sotib olingan mahsulotning haqiqiyligi va Aksiyada muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tganligi, shuningdek, naqd pul to‘ldirish yoki avtomobil uchun xizmat chegirmalari haqidagi ma‘lumot bilan SMS-xabar yuboriladi. (faqat aksiya o‘tkazilishi davrida 31.12.2021 gacha).
1.2. Faollashtirilgan promo-kodlar
aksiyaning rasmiy sahifalarida, Instagram ijtimoiy tarmog‘ida va YouTube video-oqimi xizmatida onlayn yutuq o‘yinida ishtirok etish va sovrinlar jamg‘armasida ko‘rsatilgan sovrinlarni yutib olish imkoniyatiga ega.
1.3. Onlayn yutuq o‘yinida ishtirok etishni
aniqlash ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar ma‘lumotlar bazasidan tasodifiy raqamlar generatori yordamida amalga oshiriladi.
1.4.  Batafsil ma’lumot uchun +998 95 513 28 28 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling va quyidagi elektron manzillardan biriga o‘ting:
https://instagram.com/autotuning_uz?igshid=12pynaw43ler5
https://instagram.com/tuninghouse.uz?igshid=1idwuiwr39rz1
https://instagram.com/uz_avto.tuning?igshid=q722sgencvo0
https://instagram.com/ctcarbon_uz?igshid=d8zqph29ccjp
https://youtube.com/channel/UCx8811IudfrNBZhDNHHgknA
https://youtube.com/c/Tuninghouseuz
https://youtube.com/c/choynakningqopqogi

Aksiya sovrinlar jamg‘armasiga quyidagilar kiritilgan:
  • Mijozning mobil hisobini 20 000 so‘mga to‘ldirish – kontent provayder tomonidan 10 000 dona miqdoridagi
  • “Carbon” tomonidan frvaprint uchun 30% chegirma – 100 dona.
  • Yutuqli o‘yinning so‘nggi davrida o‘ynaladigan Asosiy sovrin – qayta stilizasiya qilingan Nexia -2 avtomobili. Tashkilotchi sovrinlar jamg‘armasini o‘xshash qiymatdagi sovg‘alar bilan to‘ldirish va sovrinlar sonini ko‘paytirish huquqiga ega.
Xizmat narxi:
Har bir chiquvchi xabar- 100 so‘m. 

QANDAY ULANISH/BEKOR QILISH MUMKIN?
Bir martalik so‘rov, xizmat obunalik emas.

Izoh:

ABONENT uchun 9500 XIZMAT RAQAMIDAN kiruvchi SMS narxi 0 so‘m.
Abonent tomonidan Xizmatni taqdim etish uchun foydalaniladigan 9500 Xizmat raqamiga yuborilgan har bir so‘rov 100 so‘m miqdorida tariflanadi.
 
9500 Har bir xabar 100 so’m OOO “Playmobile” SMS
Perfect 10 «Perfect 10» (keying o‘rinlarda «Tez10»)  – bu interaktiv va maroqli web-servis bo‘lib, unda ishtirokchilar har kuni savollarga javob berishlari va turli qimmatbaho sovrinlar uchun kurashishlari mumkin bo‘ladi. Abonentga 10 ta savol va har bir savol uchun 10 soniyadan vaqt taqdim etiladi. Agar abonent barcha savollarga to‘g‘ri javob bersa, u qimmatbaho sovrin yutib olish imkonini qo‘lga kiritadi. Onlayn rejimda eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan ishtirokchilar jadvali aks ettiriladi.

Xizmatni ulatish uchun, quyidagi opsiyalardan birini qo‘llang:
1. *414# USSD-buyrug‘ini tering;
2. 4141 raqamiga istalgan (alohida buyruqlardan tashqari) matnli SMS yuboring;
3. https://tez10.uz saytida «Tez10» xizmatini ulatish tugmachasini bosing.

Xizmatga obunani bekor qilish uchun:
- 4141 raqamiga «Stop» so‘zini SMS orqali yuboring.

Ma’lumot olish uchun:
- 4141 raqamiga «Help» so‘zini SMS orqali yuboring.

Ulatish va narxlash shartlari:
Birinchi obuna bo‘lishda birinchi kun bepul, keyingi kundan abonent to‘lovi 1684 so‘m/kun bo‘ladi. To‘lov yechib olinganida abonentga 20 ochko va 10 savoldan iborat testdan o‘tish imkoni taqdim etiladi.
Agar obuna bo‘lgan abonentning hisobida kunning boshida yetarlicha mablag‘ bo‘lmasa, u holda unga ishtirok etishning 3 varianti taklif etiladi:
- 1263 so‘m yechilishi, bunda 15 ochko va testdan o‘tish imkoni taqdim etiladi
- 842 so‘m yechilishi, bunda 10 ochko va testdan o‘tish imkoni taqdim etiladi
- 421 so‘m yechilishi, bunda 5 ochko va testdan o‘tish imkoni taqdim etiladi.
Agar abonent testdan o‘tsa va yana 10 ta savolga javob berishni istab qolsa, bu holda u «Restart» funksiyasini faollashtirishi lozim bo‘ladi. Abonentdan 1684 so‘m yechib olinadi va takroran testdan o‘tish imkoni paydo bo‘ladi.

To‘g‘ri javoblar uchun ochkolar belgilanishi:
0 to‘g‘ri javob – 0 ochko
1 ta to‘g‘ri javob – 5 ochko
2 ta to‘g‘ri javob – 10 ochko
3 ta to‘g‘ri javob – 15 ochko
4 ta to‘g‘ri javob – 20 ochko
5 ta to‘g‘ri javob – 50 ochko
6 ta to‘g‘ri javob – 80 ochko
7 ta to‘g‘ri javob – 100 ochko
8 ta to‘g‘ri javob – 130 ochko
9 ta to‘g‘ri javob – 150 ochko
10 ta to‘g‘ri javob – 200 ochko

G‘oliblar 3 toifaga bo‘linadi:
- 12 oy mobaynida har kuni 1 500 000 so‘mni barcha savollarga ko‘rsatilgan vaqtda to‘g‘ri javob berib ulgurganlar oladi;
- 12 oy mobaynida har oyda 15 000 000 so‘mni oy davomida eng ko‘p miqdorda ochko to‘plaganlar oladi;
- 12-oy tugashi bilan bosh sovrin – 150 000 000 so‘mni yil davomida eng ko‘p miqdorda ochko to‘plagan ishtirokchi oladi.
Butun davr mobaynida 1 abonent 1 ta kunlik sovrin, 1 ta oylik va 1 ta bosh sovrinni olishi mumkin.
Bir abonent faqat bitta abonent raqami bilan ishtirok etishi mumkin.

G‘olib bilan aloqa o‘rnatish:
Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlarini tasdiqlash uchun, Tashkilotchi g‘olib bilan +998712051159 raqamidan bog‘lanadi. Tashkilotchining vakili g‘olib bilan bog‘lanishga dushanbadan to jumagacha, soat 10:00 dan to 18:00 gacha harakat qiladi.
Sovrin miqdori abonentning plastik kartasiga 45 ish kuni davomida o‘tkazib beriladi.
Sovrinni olish uchun g‘olib o‘zining ismi va yoshini tasdiqlovchi shaxsiy hujjatining nusxasini taqdim etishi lozim. Zarurat bo‘lib qolgan holda Tashkilotchi qo‘shimcha hujjatlarni ham so‘rashi mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotni https://tez10.uz saytidan olish mumkin.
4141
*414#
1910
1911
1912
1913
1684 so‘m/kun (QQS bilan)
1263 so‘m/kun (QQS bilan)
842 so‘m/kun (QQS bilan)
421 so‘m/kun (QQS bilan)
Mobi Tel Inform WEB
“Baraka” promo-aksiyasi Play Mobile kontent-provayderi bilan hamkorlikda “Baraka” promo-aksiyasi joriy etilmoqda.

Aksiya muddati: 2021-yil 1-Fevral – 31-Dekabr.

Ishtirok etish mexanizmi:

Abonent (aksiya Ishtirokchisi), “Baraka Crafers” stikerli mahsulotni xarid qilib, himoya qatlamini o‘chiradi hamda promo-kodni 9600 qisqa raqamiga jo‘natadi (1 SMS narxi – 96,83 so‘m) va aksiya ishtirokchisiga aylanadi.
Ucell kompaniyasi Abonentlari qimmatbaho sovrinlar egalari bo‘lishlari mumkin. Masalan:
• Mobil raqami hisobiga mablag‘;
• “Boriga Baraka” teleko‘rsatuvida dastur ishtirokchisiga aylanish imkoniyati;
• Supersovrin olish imkoniyati: Nexia 3 avtomobili (4 ta) va ikki xonali kvartira (2 ta).

Haftalik yutuqli o‘yin shartlari
• “Boriga Baraka” teleko‘rsatuvida ishtirok etish imkoniyatini yutib olsa, abonent kafolatlangan sovrin – Crafers kompaniyasidan televizorni, shuningdek “Boriga Baraka” teleko‘rsatuvida qo‘shimcha sovrinlar yutish imkonini qo‘lga kiritadi.
• Ro‘yxat har haftada yangilanadi, ya’ni, o‘tgan haftadagi ishtirokchilar navbatdagi haftaning yutuqli o‘yinida ishtirok etmaydilar.

Supersovrinlar:
– 4 ta “Nexia 3” avtomobili.
– 2 ta ikki xonali kvartira – propiska hududiga muvofiq.

Har bir chiquvchi xabar narxi 96,83 so‘mni tashkil etadi.

Aksiyaning tashkilotchisi, o‘tkazilish qoidalari, undagi sovrinlar miqdori, ularni qabul qilib olish muddatlari, joyi va tartibi haqidagi batafsil ma’lumot http://www.crafers.uz saytida va 71 207 72 07 raqamida.
9600 Har bir xabar uchun 96,83 so‘m PLAY MOBILE SMS
«Sovg‘alar marafoni» aksiyasi 12 oylik Sovg‘alar marafoni.
Har oyda abonentlar qimmatbaho sovrinlar yutib olishlari mumkin.
Kontent-provayderning istalgan servisiga obuna bo‘lib, siz quyidagilarni yutib olishingiz mumkin: PlayStation 4,
Apple Airpods, Samsung watch va Xbox One.

Qimmatbaho sovrinlar egasi bo‘lish uchun abonent quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
  1. Kalit so‘zni 8707 qisqa raqamiga yuborib, SMS-servislarga obuna bo‘lish.
  2. Faol ishtirokchi bo‘lish.
Aksiyaning o‘tkazilish jadvali:

2021-yil 15-Yanvardan 2021-yil 15-Fevralgacha-(Sovrin-Playstation 4)
2021-yil 15-Fevraldan 2021-yil 15-Martgacha-(Sovrin-Apple Airpods)
2021-yil 15-Martdan 2021-yil 15-Aprelgacha-(Sovrin- Smartfon+Samsung watch)
2021-yil 15-Apreldan 2021-yil 15-Maygacha-(Sovrin-Playstation 4)
2021-yil 15-Maydan 2021-yil 15-Iyungacha-(Sovrin- Smartfon+ Apple Airpods)
2021-yil 15-Iyundan 2021-yil 15-Iyulgacha-(Sovrin- Smartfon+ Samsung watch)
2021-yil 15-Iyuldan 2021-yil 15-Avgustgacha-(Sovrin-Playstation 4)
2021-yil 15-Avgustdan 2021-yil 15-Sentabrgacha-(Sovrin- Smartfon+Apple Airpods)
2021-yil 15-Sentabrdan 2021-yil 15-Oktabrgacha-(Sovrin-Smartfon+Samsung watch)
2021-yil 15-Oktabrdan 2021-yil 15-Noyabrgacha-(Sovrin-Playstation 4)
2021-yil 15-Noyabrdan 2021-yil 15-Dekabrgacha-(Sovrin- Smartfon +Apple Airpods)
2021-yil 15-Dekabrdan 2022-yil 15-Yanvargacha-(Sovrin-Xbox one)

Ishtirokchiga aylanish uchun abonent 8707 qisqa raqamiga kalit so‘zini yuborgan holda obuna bo‘lishi mumkin bo‘lgan servislar va buyruqlar:

Servis:                                                               

SMS-CHAT:  GO (Rus); GO (O‘zb)  
Tug‘ilgan kun: DR (Rus);  TG (O‘zb)
Latifalar: AD (Rus);  LT (O‘zb)
She’rlar:  ST (Rus); SR (O‘zb)
Sevgi she’rlari: LS (Rus);  LR (O‘zb)
Sevgi izhorlari: PR (Rus);  PK  (O‘zb)
Uy bekalari uchun maslahatlar: DH (Rus); UH  (O‘zb)
Aforizmlar: AF (Rus); AT (O‘zb)
Qiziqarli faktlar: FA (Rus); FD  (O‘zb)
Xayrli tong tilaklari: DU  (Rus); HT (O‘zb)
Qiz uchun Xayrli tong tilaklari: UT (Rus); UD (O‘zb)
Yigit uchun Xayrli tong tilaklari: UP (Rus); UB (O‘zb)
Xayrli tun tilaklari: SP  (Rus);  SC (O‘zb)
Qiz uchun Xayrli tun tilaklari: SS (Rus); SA (O‘zb)
Yigit uchun Xayrli tun tilaklari: PN  (Rus); PT (O‘zb)
Yigitga Sevgi izhorlari:LB  (Rus); PS (O‘zb)
Qizga Sevgi izhorlari: DL (Rus);  DS  (O‘zb)

Servisga obunani bekor qilish uchun STOP va ulangan xizmatning kalit so‘zini 8707 qisqa raqamiga yuborish lozim. Misol: rus tilli foydalanuvchilar uchun STOP AD yoki o‘zbek tilli foydalanuvchilar uchun STOP LT.

Har bir xizmat narxi: ulangan har bir servis uchun kuniga QQS bilan 550 So‘m.
Bir martalik obuna narxi: ulangan har bir servis uchun obuna kuniga QQS bilan 183,33 UZS. Narxlanish 8709 raqamidan kiruvchi ko'rinmas SMS orqali amalga oshirilad

Batafsil ma’lumot kontent-provayderning saytidagi ommaviy ofertada ko‘rsatilgan: www.sayqal.uz/oferta
8707,8708, 8709 Har bir servis 550 so‘m/kun

183,33 so'm/bir martalik obuna
“Sayqal Solutions” MChJ SMS
«Rost Yoki Yolg‘on» viktorinasi
«ROST YOKI YOLG‘ON» viktorinasi haqida: 7979 (IVR) qisqa raqamidagi mavjud «Qiziqarli» xizmati doirasida «ROST YOKI YOLG‘ON» viktorinasi bo‘limi joriy etiladi. «ROST YOKI YOLG‘ON» viktorinasida ishtirok etish uchun abonent «Qiziqarli» xizmatiga obuna bo‘lishga rozilik beradi, bunda qo‘shimcha to‘lov olinmaydi.
«ROST YOKI YOLG‘ON» viktorinasida ishtirok etish uchun abonent 7979 (IVR) qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiladi, navigatsiya ovozli menyusida «Viktorina» bo‘limini tanlaydi, «1» raqamini bosib obuna bo‘lishga rozilik beradi, keyin esa savollarni tinglaydi. Har bir savolning 2 tadan javobi bor – «HA» yoki «YO‘Q». Masalan: Suets kanali 1869-yilda harakat uchun ochilgan. 1. Rost 2. Yolg‘on.

Ishtirokchilarga ballar quyidagi tartibda hisoblanadi:
- har bir to‘g‘ri javob uchun «1» ball,
- noto‘g‘ri javob berilsa «0» ball.
Agar bir nechta ishtirokchi bir xilda maksimal miqdorda ball to‘plasalar, u holda Viktorinada qatnashishga hammasidan kam vaqt sarflagan va Viktorina o‘tkazilishi davrida maksimal miqdorda ball to‘plagan Abonent g‘olib deb tan olinadi. Ishtirokchi to‘plagan ballar haqidagi ma’lumot Viktorina joriy etilishining 1-kunidan boshlab taqdim etiladi va har kim o‘z ballini Viktorinaning tegishli bo‘limida bilib olishi mumkin.

Viktorina muddatlari – Viktorina 10 kunlik davra shaklida davom etadi (10 kunlik muddat bitta davra hisoblanadi). Abonent har bir davraning istalgan kunidan boshlab Viktorinada ishtirok etishi mumkin. Bitta davra muddatida javob berish mumkin bo‘lgan savollar soni – 100 ta savol. Savollar bitta davraning 10 kuniga teng miqdorda taqsimlangan (har kuni 10 tadan savol). Viktorina o‘tkazilishining 2-kunidan boshlab va 10-kunigacha (shu kunlari ham), Viktorinaning yangi ishtirokchilari o‘tkazib yuborilgan kunlar soniga mos holda qo‘shimcha miqdordagi savollarga javoblar berishlari mumkin, lekin bitta davra doirasida 100 tadan oshiq savolga emas. Qo‘shimcha savollar davraning qolgan kunlariga taqsimlanadi. O‘yinchilar reytingi umumiy bo‘lib, Viktorina davralaridan birida ishtirok etishni boshlagan vaqtiga bog‘liq bo‘lmaydi. Davralardan birida yutgan ishtirokchi keyingi davrada ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ishtirokchi bunda «Qiziqarli» xizmatining obunachisi bo‘lib qolaveradi.
Boshlanish sanasi: 1 chi davr: 10.01.2021y.- 19.01.2021y. (shu kunlari ham).
Boshlanish sanasi 2chi davr: 20.01.2021y.- 29.01.2021y. (shu kunlari ham).
Boshkanish sanasi 3 chi davr: 30.01.2021y.- 08.02.2021y. (shu kunlari ham).


7979 (IVR) servis raqami bo‘yicha ovozli xizmatlarga obuna bo‘lgan abonentlar uchun «ROST YOKI YOLG‘ON» Viktorinasida ishtirok etish majburiy emas.

Viktorinaning sovrin jamg‘armasi – Viktorina o‘tkazilishining 1 davrasi (10 kunlik ishtirok) uchun 3 000 000 so‘m.
Sovrinlar abonentning shaxsi tasdiqlanganidan va hujjatlarni to‘plash jarayoni yakunlanganidan so‘ng topshiriladi. Sovrinlarni taqdim etish tartibi kontent-provayder tomonidan mustaqil belgilanadi. Tashkilotchi haqidagi, aksiya o‘tkazilishi qoidalari, sovrinlar miqdori, ularni olish muddatlari, joyi va tartibi to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumot www.smobile.uz saytida.

Xizmatga ulanish/o‘chirish 7979 raqamidagi IVR ovozli interfeysi orqali amalga oshiriladi.

Barcha obunalarni bekor qilish uchun 7878 raqamiga «1» jo‘natish lozim.
7979/6431/7878 Kuniga 757.80 so‘m SMILE MOBILE IVR
«Omadli raqam 2022» Aksiyasi  «Omadli raqam 2022» Aksiyasi.
Aksiya «Lux Content» XK kontent-provayderi bilan hamkorlikda 2022-yil 21-Fevraldan 2022-yil 31-Dekabrgacha 7777, 0720, 555, 5555 IVR-servislari doirasida o‘tkaziladi.

Aksiyaning o‘tkazilish tartibi:
21-Fevraldan 28-Fevralgacha
– 555 IVR-xizmati (Sovrin – Xiaomi Redmi 10)
01-Martdan 31-Martgacha – 555 IVR-xizmati (Sovrin – Xiaomi Redmi 10)
01-Apreldan 30-Aprelgacha – 5555 IVR-xizmati (Sovrin – Sovrin – Xiaomi Redmi 10)
01-Maydan 31-Maygacha – 0720 IVR-xizmati (Sovrin – Xiaomi Redmi 10)
01-Iyundan 30-Iyungacha – 555 IVR-xizmati (Sovrin – Xiaomi Redmi 10)
01-Iyuldan 31-Iyulgacha – 7777 IVR-xizmati  (Sovrin – Xiaomi Redmi 10)
01-Avgustdan 31-Avgustgacha – 0720 IVR-xizmati (Sovrin – Xiaomi Redmi 10)
01-Sentabrdan 30-Sentabrgacha – 555 IVR-xizmati (Sovrin – Xiaomi Redmi 10)
01-Oktabrdan 31-Oktabrgacha – 7777 IVR-xizmati (Sovrin – Xiaomi Redmi 10)
01-Noyabrdan 30-Noyabrgacha – 0720 IVR-xizmati (Sovrin – Xiaomi Redmi 10)
01-Dekabrdan 31-Dekabrgacha – 555 IVR-xizmati (Sovrin – Xiaomi Redmi 10)

Ishtirok etish shartlari:
1. Abonent kontent-provayderning 7777, 0720, 555, 5555 IVR-servislariga obuna bo‘ladi.
2. Foydalanuvchi oy davomida servisdan faol foydalanishi lozim. Aksiya davrida servis bir oyga bepul taqdim etiladi.
3. Smartfonlarning har bir yutuqli o‘yini doirasida faqat bitta aksiya ishtirokchisi aniqlanadi (mobil operatorlarning barcha abonentlari orasida). G‘oliblar «Lux Content» XK tomonidan ishlab chiqilgan tasodifiy sonlar generatori yordamida tasodifiy tartibda aniqlanadi (dastur randomizer dasturi tamoyiliga ko‘ra ishlaydi).

Ulanish tartibi:
IVR-xizmatiga ulanish uchun abonent 555, 7777, 0720, 5555 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qiladi, yoki yuqorida ko’rsatilgan  xizmatlarga ulanish uchun 5454 raqamiga X harfini SMS tarzida yuboradi.

Bekor qilish tartibi:
Xizmatni bekor qilish uchun 5454 qisqa raqamiga STOP X matnini SMS tarzida yuborish, yoki yuqorida sanab o‘tilgan qisqa raqamlarga abonentning shaxsiy kabineti yordamida qo‘ng‘iroq qilish lozim.

Narxi:
2022-yilning har bir oyi 1-dan to 28/30/31-sanasigacha bo‘lgan davrda, shuningdek «Omadli raqam 2022» Aksiyasi vaqtida 7777, 0720, 555, 5555 qisqa raqamlaridagi IVR-xizmatlar va 5454 qisqa raqamidagi SMS-xizmatlar bepul taqdim etiladi. 2022-yil har bir navbatdagi kalendar oyining 1-sanasidan xizmat narxi IVR-servislar uchun 505.20 so‘mni tashkil etadi.

Batafsil ma’lumot sports.uz saytidagi ommaviy ofertada ko‘rsatilgan.
555,0720,7777,
5555,5757,
5454,5005
Kuniga 505,2 so‘m kuniga LUX CONTENT IVR/SMS
«IVR 777» servisi doirasida «Duv-Duv-Gap» aksiyasi «IVR 777» ovozli portali doirasida «Duv-Duv-Gap» aksiyasi.

Abonent 777 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishi va aksiya ishtirokchisi bo‘lishi mumkin.
Portalga obuna bo‘lgan ishtirokchilar orasidan oyning oxirida tasodifiy g‘olib aniqlanadi. G‘olib zo‘r SAMSUNG smartfonini qo‘lga kiritadi.
Har oyda bir nafar g‘olib aniqlanadi. Oldin ushbu aksiyada sovrin olgan ishtirokchi ikki marta sovrin yutib ola olmaydi.

Ovozli portalda abonent qiziqarli insonlar bilan tanishishi, musiqa tinglashi hamda quvnoq va maroqli kontentga obuna bo‘lishi mumkin.
Abonent xizmatga muddatsiz – xizmatdan uziladigan vaqtigacha obuna bo‘ladi.

Xizmatni ovozli portal menyusida yoki 1425 raqamiga 1 sonini yuborib bekor qilish mumkin.

Narxi – QQS bilan 421 so‘m-12 soat, 842-24 soat.

Aksiyaning amal qilish muddati – 2020-yil 1-dekabrdan to 2021-yil 30-noyabrgacha.
Talabgorning aksiya bilan bog‘liq bo‘lgan keyingi barcha harakatlari ishtirokchi mazkur Qoidalarning barcha shartlari bilan tanishganligini va ularni to‘liq holida va so‘zsiz qabul qilishini hamda u ushbu Qoidalarni O‘zR FK 370-moddasi talablariga muvofiq aksept qilganligini anglatadi.
Talabgor yuqorida ko‘rsatilgan harakatlarni amalga oshirganida, Aksiya Ishtirokchisi maqomini qo‘lga kiritadi.
Xizmatning yangi foydalanuvchilari ham, mavjud foydalanuvchilari ham Aksiyada ishtirok eta oladilar.

Batafsilroq ma’lumot: http://cmc.uz/
777, 1426, 1478, 1427 421 so‘m-12 soat
842 so’m-24 soat
KRON TELEKOM NETVORK IVR
«O‘zbegim Tea» promo-aksiyasi «O‘zbegim tea» choyining reklama kampaniyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatbaho sovrinlarning yutuqli o‘yini o‘tkaziladi.
Aksiyada ishtirok etish uchun 2020-yil 24-sentabrdan to 2021-yil 1-martgacha «O‘zbegim tea» choy mahsulotini xarid qilish lozim. Mahsulotning har bir qadog‘i tashqarisida betakror promokod mavjud, uni SMS-xabar orqali 7800 qisqa raqamiga yuborish lozim.
Aksiyaning sovrin jamg‘armasi aksiya Tashkilotchisi mablag‘lari hisobiga shakllantiriladi.
Tashkilotchi Aksiya sovrinlari miqdorini oshirish yoki Aksiyaga qo‘shimcha tarzda mazkur Qoidalarda ko‘zda tutilmagan boshqa sovrinlarni qo‘shish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Sovrinlarning parametr va xususiyatlari, rangi va jamlanmasi hamda boshqa jihatlari Tashkilotchi ixtiyoriga ko‘ra belgilanadi va reklama materiallarida taqdim etilganidan farqlanishi mumkin.
Tashkilotchi tomonidan sovrinlarning pul ekvivalenti to‘lanmaydi va boshqa sovrin bilan almashtirib berilmaydi.
Sovrin olgan shaxslarning soliqqa tortilishi O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.

Xizmat mexanikasi:
Aksiya o‘tkazilishi muddatida quyidagilarni amalga oshirish lozim:
1.  «O‘zbegim tea» mahsulotini sotib olish;
2. Qadoqdagi himoya qatlamini o‘chirish va promo-kodni topish;
3. Promo-kodni 7800 qisqa raqamiga yuborish (bitta SMS narxi 100 so‘mni tashkil etadi). Javoban Aksiyada samarali ro‘yxatdan o‘tganlik haqida SMS keladi.
Aksiya Ishtirokchisi tomonidan SMS orqli noto‘g‘ri promo-kod yuborilgan taqdirda, Ishtirokchiga xatolik haqida matnli xabar jo‘natiladi.
Tashkilotchi, Aksiyaning o‘tkazilish qoidalari, sovrinlar miqdori, ularni qabul qilib olish muddatlari, joyi va tartibi haqida qo‘shimcha ma’lumot http://uzbegimteaaksiya.uz saytida va +998 95 3030700 telefon raqamida.
 
7800 Har bir xabar uchun 100 So‘m PLAY MOBILE SMS
Pepsi promo-aksiyasi Pepsi global platformasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida Play Mobile kontent-provayderi bilan hamkorlikda promo-aksiya o‘tkaziladi. Promo-aksiya doirasida qimmatbaho sovrinlar o‘ynaladi.

Xizmat mexanikasi:
1. Mahsulot qopqog‘i ostidan 10 xonali kodni topish kerak.
2. Kodni SMS tarzida 5700 qisqa raqamiga yuborish lozim. Bunda chiquvchi xabar uchun abonent hisobidan pul yechiladi.
3. Javoban 5700 qisqa raqamidan keluvchi bepul SMSda www.pepsi.com.uz saytidagi o‘yinga kirish uchun parolni olish zarur.
4. www.pepsi.com.uz saytiga kirib, sovrinlar tasviri tushirilgan o‘yin maydonchasida bir xil uchta katakchani topib, o‘yinda yutish kerak.
5. Uyali telefon, smartfon, televizor yoki avtomobil uchun pul yutib olish lozim.
6. Maxfiy kod tushirilgan «Pepsi» SB va/yoki «Pepsi Cherry» SB mahsuloti promo-qopqog‘ini saqlab qo‘yish zarur (faqat supersovrin yutganlar uchun).
Aksiya tashkilotchisi va o‘tkazilish qoidalari, sovrinlar miqdori, ularni olish muddati, joyi va tartibi haqida batafsil ma’lumot www.pepsi.com.uz saytida.
 
5700 Har bir xabar uchun 100 so‘m PLAY MOBILE SMS
«DONOLARNING O‘YINI» viktorina
«Donolarning o‘yini» – bu butun jahonda ommalashgan «Kim millioner bo‘lishni xohlaydi» o‘yini asosida Ucell abonentlari uchun maxsus yaratilgan viktorina. Ushbu qiziqarli viktorina nafaqat bilimlarni tekshirish va oshirishga yordam beradi, balki sovrinlar yutib olish imkonini ham taqdim etadi.

Viktorinada istalgan rusumdagi telefonga (smartfon va tugmachali telefonga) ega bo‘lgan Ucell Abonentlari ishtirok etishlari mumkin. «Donolarning o‘yini» viktorinasini faollashtirish uchun abonentlar SMS tarzida istalgan («STOP», «STOP1», «0», «Info1» kalit so‘zlaridan tashqari) so‘zni «Donolarning o‘yini» viktorinasining 4004 qisqa raqamiga jo‘natishlari va har kuni savollarga javob berishlari kifoya. Faollashtirish so‘roviga javoban, abonentga 4004 raqamidan uning ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi SMS-bildirishnoma, shuningdek, xizmat haqida, uning narxi, obunani bekor qilish qoidalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot hamda viktorinaning birinchi savoli keladi (savol va uning javob variantlari keladi; Abonent ulardan birini tanlashi va tanlangan javob variantining raqamini xizmatning qisqa raqamidan kelgan o‘sha SMSning o‘ziga javob tarzida jo‘natishi kerak). Masalan, Abonentga quyidagicha savol jo‘natiladi: «Dunyodagi eng chuqur ko‘l qaysi:
1. Ontario;
2. Baykal;
3. Viktoriya.»

Viktorina 2584 qisqa raqamidan kiruvchi, ko‘rinmas SMS shaklidagi kunlik pulli obuna (1290 so‘m/kun) bo‘yicha amalga oshiriladi. Viktorinaga obuna har kuni abonent to‘lovi evaziga yangilanadi, kunlik to‘lovni amalga oshirgan abonent, obuna uchun pul samarali yechib olinganida sovrinlar yutib olish uchun 150 ballni hamda 30 savolga javob berish imkonini qo‘lga kiritadi. Har bir to‘g‘ri javob abonentga 30 ball taqdim etadi. Har bir xato javob abonentga 10 ball taqdim etadi. Abonent to‘lovining to‘liq miqdori (kuniga 1290 so‘m) yechilishi samarali bo‘lmagan holatda, abonent hisobidan abonent to‘lovining 33,33% ga teng qismi (430 so‘m) yechiladi, 2587 qisqa raqamidan SMS-xabar keladi va obuna uchun tegishli ballar (50 ball) taqdim etiladi. Abonent to‘lovi toki to‘liq miqdori (kuniga 1290 so‘m) olingunicha yechiladi, ishtirok kuni uchun har bir 33,33% evaziga tegishli Ballar taqdim etib boriladi.

Sovrinlar kunlik, haftalik va oylik asosda o‘ynaladi. Har kuni, har haftada va har oyda faqat bittadan sovrin o‘ynaladi. Viktorina o‘tkazilishining kunlik, haftalik, oylik va 12 oylik davri yakunlariga ko‘ra eng ko‘p ball to‘plagan abonentga sovrin beriladi. Agar bir xilda eng yuqori natija ko‘rsatganlar bo‘lsa, sovrin boshqalardan tezroq eng ko‘p miqdorda ball to‘plagan abonentga beriladi, bunda daqiqalar va soniyalar hisobga olinadi.

Har bir Ishtirokchining umumiy reytingi u (kunlik obuna evaziga va viktorina savollariga bergan javoblari uchun) olgan ballar miqdori asosida shakllanadi.
  • Har bir Ishtirokchining kunlik reytingi u sutka davomida olgan ballar miqdori asosida shakllanadi. Kunlik sovrinni yutib olish uchun xizmat amal qila boshlagan paytdan toki sovrin o‘ynalayotgan kungacha (shu kuni ham) ishtirokchi to‘plagan ballar hisobga olinadi.
  • Har bir Ishtirokchining haftalik reytingi u joriy hafta davomida olgan ballar miqdori asosida shakllanadi.
  • Har bir ishtirokchining oylik reytingi u joriy oy davomida olgan ballar miqdori asosida shakllanadi.
Har bir ishtirokchining umumiy reytingi u uch (3) oy davomida olgan ballar miqdori asosida shakllanadi.
Har bir ishtirokchi viktorina o‘tkazilishining butun muddati davomida ko‘pi bilan bitta (1) kunlik sovrin, bitta (1) haftalik sovrin, bitta (1) oylik sovrin, bitta (1) supersovrin yutib olishi mumkin.

KUNLIK SOVRIN: 2 000 000 (ikki million) UZS (o‘zbek so‘mi), boshqa turdagi sovrinlar o‘ynaladigan kunlardan tashqari har kuni o‘ynaladi;
HAFTALIK SOVRIN: 20 000 000 (yigirma million) UZS (o‘zbek so‘mi), oyning so‘nggi haftasi bo‘lmagan har haftaning oxirida (yakshanba kuni) o‘ynaladi;
OYLIK SOVRIN: 30 000 000 (o‘ttiz million) UZS (o‘zbek so‘mi), supersovrin o‘ynalmaydigan har bir oyning so‘nggi yakshanba kuni o‘ynaladi;
SUPERSOVRIN: Chevrolet Trailblazer, aksiya boshlangan sanadan boshlab 12-oyda o‘ynaladi, oylik sovrin 12-oyda o‘ynalmaydi.

 
4004,2584, 2587 1290 so‘m/kun
430 so‘m/kun
SYNERIKA SMS
«Boyib keting!» «Boyib keting!» aksiyasi – bu Operatorning Abonentlariga Tashkilotchi tomonidan taqdim etiluvchi xizmat bo‘lib, uning doirasida Abonentlar Viktorina bo‘yicha bergan to‘g‘ri javoblari evaziga ballar oladilar va eng ko‘p miqdorda ballar to‘plagan Abonentlar sovrinlarga ega bo‘ladilar. Mazkur aksiya lotereya yoki qimor o‘yini hisoblanmaydi.

«Boyib keting!» Viktorinasi – bu «Boyib keting!» aksiyasi doirasida Operatorning Abonentlariga Tashkilotchi tomonidan taqdim etiluvchi xizmat bo‘lib, abonentlarga turli sohalar bo‘yicha o‘z bilimlarini sinab ko‘rish hamda savollarga javoblarni to‘g‘ri va eng tez taqdim etgan holda sovrin olish uchun bellashish imkonini beradi. Mazkur Viktorina lotereya yoki qimor o‘yini hisoblanmaydi. Viktorinada ishtirok etishdan maqsad abonentning turli bilim sohalari bo‘yicha savollarga javob berish yo‘li bilan o‘z zakovatini tekshirishidir.

Abonentlar kuniga 1684 so‘m narxidagi «Boyib keting!» Viktorinasi xizmatiga obuna bo‘ladilar. Viktorina doirasida ishtirokchi-abonentlar har kuni 9 ta savol oladilar.

Abonentlar quyidagi harakatlari uchun ballar oladilar:
- «Boyib keting!» Viktorinasi xizmati doirasida har bir to‘g‘ri javob uchun Ishtirokchi 200 ball oladi. Har bir noto‘g‘ri javob uchun – 0 ball. Savollarning eng ko‘p miqdori sutkasiga 9 savoldan oshmaydi;
- Har kuni «Boyib keting!» Viktorinasi xizmatiga obuna to‘lovi amalga oshirilganidan so‘ng har bir ishtirokchi 200 ball oladi.
Aksiya ishtirokchisi istalgan paytda o‘zi to‘plagan ballari miqdorini va joriy kun reytingidagi o‘z o‘rnini bilishi mumkin, buning uchun Aksiyaning «5050» Raqamiga TOP (yoki ТОП) so‘zini SMS-xabar tarzida jo‘natishi yoxud win.ucell.uz saytidan ko‘rishi lozim.
Aksiyaning tegishli kundagi yakunlari chiqarilganidan so‘ng barcha ballar navbatdagi kunga ko‘chirib o‘tkazilmaydi, lekin oylik sovrinlar G‘olibini aniqlash uchun hisobga olinadi.

G‘oliblarni aniqlash va sovrinlarni topshirish
- Kunlik sovrin – 500 000 so‘m.
- Oylik sovrin – 10 000 000 so‘m.
Aksiyaning Kunlik sovrini G‘olibini aniqlash har kuni soat 23:29:59 holatiga ko‘ra o‘tkaziladi, kalendar oyining oxirgi kunlari bundan mustasno.
Joriy kunning eng ko‘p ballarini to‘plagan ishtirokchi quyidagi formula bo‘yicha g‘olib deb topiladi:
Foydalanuvchi reytingi = B + 1/T
Bunda:
B – Viktorinadagi ishtirok uchun ballar
T – Abonent savollarga javob berishining umumiy vaqti (millisoniyalar).
Agar bir nechta abonent bir xil miqdorda ball to‘plasa, ushbu miqdordagi ballarni kun davomida birinchi bo‘lib to‘plagan ishtirokchi g‘olib deb tan olinadi.
Har oylik aksiya sovrinlari g‘oliblarini aniqlash 2022-yil 31-may, 2022-yil 30-iyun, 2022-yil 31-iyul, 2022-yil 31-avgust, 2022-yil 30-sentabr, 2022-yil 31-oktabr, 2022-yil 30-noyabr, 2023-yil 31-yanvar, 2023-yil 28-fevral, 2023-yil 31-martda amalga oshiriladi.
Kalendar oyi davomida eng yaxshi 6 kunlik natijalar yig‘indisi bo‘yicha eng yuqori reytingga ega bo‘lgan Ishtirokchi G‘olib va sovrin sohibi bo‘ladi.

Xizmatni ulash/o‘chirish tartibi
Ulanish:

*676# USSD-so‘rovi orqali;
5050 raqamiga istalgan matnli SMS yuborish orqali;
win.ucell.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish orqali;
@UcellQuizBot Telegram-botida ro‘yxatdan o‘tish orqali.

O‘chirish:
*676*0# USSD-so‘rovi orqali;

5050 raqamiga STOP matnli SMS yuborish orqali;
@UcellQuizBot Telegram-botida tegishli buyruqni tanlash orqali.

Xizmat narxi:
«Boyib keting!» Viktorinasi xizmatiga obuna narxi – kuniga QQS bilan 1684 so‘m.
Narxlash 13579 qisqa raqamidan ko‘rinmas SMS-xabar orqali amalga oshiriladi.
Ishtirokchi tomonidan Mobil telefondan Aksiyaning «5050» Raqamiga yuboriladigan SMS-xabarlar narxlanmaydi.

Aksiyaning o‘tkazilish muddati:
01.05.2022-yildan 30.04.2023-yilgacha (shu kunlar ham kiradi)

Aksiya tashkilotchisi:
«ArBoost» MChJ

Qoidalar va shartlar bilan batafsil bu yerda yoki win.ucell.uz saytida tanishib chiqish mumkin.
5050,
13579
1684 so‘m/kun ArBoost SMS
«PRIME Light»  2020-yil 1-maydan 2020-yil 31-dekabrgacha PRIME global platformasi O‘zbekiston Respublikasi hududida promo-aksiya o‘tkaziladi. Promo-aksiya doirasida qimmatbaho sovrinlar o‘ynaladi.

PRIME mahsulotlarini qadoqlashda reklama kodi (stiker) qo'llaniladi. Mahsulotni xarid qilishda, Abonent (Ishtirokchi) stikerni o'chiradi va stiker ostida bosilgan promo-kodni 6800 qisqa raqamiga yuboradi.
Shunday qilib, abonent hisobiga 10 000 so'm yoki boshqa
qimmatbaho sovg'alarni yutishi mumkin
.
Aksiyaning mukofot jamg'armasi quyidagilardan iborat:
- Abonent hisobini to‘ldirish: 10,000 so'mdan - 10000 dona.
- Qo'shimcha sovg'alar: Smart TV - 10 dona, Android smartfoni - 10 dona.
- Bosh sovrin - 5 dona Spark mashinasi.
Tashkilotchi, aksiya qoidalari, sovg'alar soni, ularni olish vaqti, joyi va tartibi to'g'risida ma'lumot manbai - www.pr1me.uz yoki +998781501881.

6800 raqamiga chiquvchi SMS-xabar narxi – 96.83 so‘m.
6800 96.83 so‘m PLAY MOBILE SMS
Oltin Kalit promo aksiyasi "Level Up Solutions" MChJ tomonidan "Oltin kalit" aktsiyasining uzaytirilishi.

"Oltin Kalit" aksiyasi 2020-yil 31-dekabrgacha uzaytiriladi.

“Oltin kalit”. Abonentga o‘yin ishtirokchisiga aylanib, qimmatbaho sovrinlar yutish imkoniyatini beradigan SMS-xizmat. Sovrinlar o‘yin o‘tkazayotgan hamkor tomonidan beriladi. Batafsil ma’lumotlar promo-kod ko‘rsatilgan mahsulotning yorlig‘ida.

Abonent promo-mahsulot (suv va boshqa ichimliklar) qopqog‘ining tagidan topgan o‘n xonali kodni 7889 raqamiga jo‘natadi, shu bilan aksiyadagi ishtirokini tasdiqlaydi. SMS narxi – 100 so‘m. Xizmat bir martalik.
7889 100 so‘m Level Up Solutions SMS
Maccoffee «Level Up Solutions» MChJ va «MILLENIUM DISTRIBUTION» MChJ bilan hamkorlikda promo-aksiya joriy etilganligi haqida e’lon qilishadi.

2020 yil 1-fevraldan 2021-yil 28-fevralgacha (shu kuni ham) promo-qadoqli Maccoffee-dan mahsulot sotib olib, siz O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladigan aksiya ishtirokchisi bo‘lishingiz mumkin.

Aksiyada quyidagi shartlarga amal qilgan holda Ucell abonentlari ishtirok etishlari mumkin:

• Promo qadoqli Maccoffee mahsulotini xarid qilish.
• Qadoqning ichki tomonida o‘nta sonli kodni topish va uni 3223 raqamiga SMS tarzida jo‘natish.

Kod jo‘natilganidan so‘ng abonent kod yutuqli yoki yutuqsizligi haqida javob SMS oladi,

Aksiya g‘oliblari yutilgan sovrin hamda murojaat etish kerak bo‘lgan manzil yozilgan SMS oladilar.

3223 raqamiga har bir chiquvchi SMS narxi – 125 so‘m.
Kiruvchi SMS – bepul.
Abonent hisobida yetarlicha mablag‘ bo‘lmaganida abonent promo-aksiyada ishtirok eta olmaydi.

Abonent 3223 raqamiga SMS yuborib, shu bilan aksiya shartlariga hamda aksiya tashkilotchilaridan SMS-xabar olishga to‘liq rozilik bildiradi.

Aksiya haqida batafsil ma'lumot (aksiya tashkilotchisi, uni o'tkazish shartlari va qoidalari, o‘ynalgan sovrinlar, olish joyi va vaqti) www.maccoffee.uz veb-saytida va +99781293223 telefon raqami orqali.
3223 125 so'm Level Up Solutions SMS
Smile Tea promo aksiyasi 2019-yil 1-noyabrdan 2020-yil 31-dekabrgacha
Smile Tea mahsulotini xarid qilib, O‘zbekiston Respublikasi hududida promo-aksiya ishtirokchisiga aylanish mumkin.

Smile Tea mahsulotining qadog‘iga promo-kod (stiker) kiritiladi. Abonent (aksiya ishtirokchisi) mahsulotni xarid qilib, stikerni o‘chiradi hamda 9500 raqamiga stiker ostidagi promo-kodni jo‘natadi.

Aksiya haqida batafsil ma’lumot (aksiya tashkilotchisi, o‘tkazilish muddati va qoidalari, o‘ynaladigan sovrinlar, joylar hamda topshirilish sanasi) www.wowpromo.uz saytida.

9500 raqamiga bitta chiquvchi SMS-xabar narxi – 100 so‘m.
9500 100 so‘m/SMS PLAY MOBILE SMS

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.