Abonentlarga
Xizmatlar
Axborot-ko‘ngilochar xizmatlari
Level Up Solutions

Level Up Solutions

7889 xizmati (“Level Up Solutions” MChJ)

Xizmat nomi – “Oltin kalit”. SMS-xizmat abonentga o‘yin ishtirokchisiga aylanib, qimmatbaho sovrinlar yutish imkoniyatini beradi. Sovrinlar o‘yin o‘tkazayotgan hamkor tomonidan beriladi. Batafsil ma’lumotlar promo-kod ko‘rsatilgan mahsulotning yorliqida.

Abonent promo-mahsulot (suv va boshqa ichimliklar) qopqog‘ining tagidan topgan o‘n xonali kodni 7889 raqamiga jo‘natadi, shu bilan aksiyadagi ishtirokini tasdiqlaydi. SMS narxi – 100 so‘m. Xizmat bir martalik.

3223 xizmati (“Level Up Solutions” MChJ)

Xizmat nomi – “Maccoffee”. SMS-xizmat abonentga o‘yin ishtirokchisiga aylanib, qimmatbaho sovrinlar yutish imkoniyatini beradi. Sovrinlar o‘yin o‘tkazayotgan hamkor tomonidan beriladi. Batafsil ma’lumotlar promo-kod ko‘rsatilgan mahsulotning yorlig‘ida.

Abonent promo-mahsulotni ichki qismida joylashgan o‘n xonali kodni 3223 raqamiga jo‘natadi, shu bilan aksiyadagi ishtirokini tasdiqlaydi. SMS narxi – 125 so‘m.

Xizmat nomi Xizmat haqida ma’lumot Xizmat raqami QQS bilan narxi
Coca-Cola promo-aksiyasi Aksiyaning amal qilish muddati: 06.08.2021 dan to 01.10.2021 gacha.

Aksiyada ishtirok etish shartlari:
1. Aksiya ishtirokchisi promo-qadoqdagi mahsulotni xarid qilishi lozim.
2. Qopqoqning ichki tomonida betakror 10 belgili kodni topishi lozim.
3. Topilgan kodni, o‘z ism-familiyasini 5580 qisqa raqamiga SMS yuborish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tishi lozim. Masalan, 12SDFW7Z35 Shokirov Ilhom
4. Ro‘yxatdan o‘tish samarali kechsa, abonent quyidagicha SMS oladi:
a. «Siz ro‘yxatdan samarali o‘tdingiz. Tabriklaymiz! Sizning kodingiz yutuqli. Sizning yutug‘ingiz – 5 GB internet-trafik.» yoki «Siz ro‘yxatdan samarali o‘tdingiz. Tabriklaymiz! Sizning kodingiz yutuqli. Sizning yutug‘ingiz – quloqchin.»,
b. «Siz ro‘yxatdan samarali o‘tdingiz. Sizning kodingiz yutuqsiz. Yana bir marta omadingizni sinab ko‘ring.»
5. Ishtirokchi noto‘g‘ri SMS-xabar yuborsa, unga javoban xatolik haqidagi SMS-xabar hamda to‘g‘ri yozish namunasi ko‘rsatilgan SMS-xabar yuboriladi.
6. 5 GB internet-trafik yutgan abonent 5580 qisqa raqamidan SMS shaklida USSD-kod oladi.
7. Internet-trafik *570*14 xonali maxsus raqam# USSD-kodini terish yo‘li bilan faollashtiriladi.
8. Mobil aloqa xizmatlari to‘plamining amal qilish muddati – faollashtirish kunidan boshlab 30 kun.
9. Shuningdek, abonentlar kodni www.promo.coca-cola.uz saytida ham ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin.

Ucell abonentlari uchun aksiyaning sovrin jamg‘armasi:
1. Internet-to‘plamlar (5 GB) – 18150 ta.
2. Portativ kolonkalar va quloqchinlar.

Aksiya Tashkilotchisi: «Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan, Ltd»
Tashkilotchi haqida, aksiyaning o‘tkazilish qoidalari, sovrinlar soni, ularni olish muddatlari, joyi va tartibi haqidagi ma’lumot manbasi: http://www.promo.coca-cola.uz saytida.
Bog‘lanish uchun telefon: 78 888 5580.

Xizmatga ulanish/o‘chirish tartibi:
5580 qisqa raqamiga SMS yuborishi abonentning aksiya shartlariga to‘liq roziligini, shuningdek, aksiya Tashkilotchisidan axborot va ma’rifiy SMSlar olishga roziligini anglatadi. 
5580 Har bir xabar uchun 100 so‘m
Yoshlar telekanalida “Har kuni million” viktorinasi 1. Xizmat nomi: «YOSHLAR» telekanalida «Har kuni million» viktorinasi.
2. Xizmat tavsifi:
Abonent / teletomoshabinga YOSHLAR telekanalida viktorinaning jonli efirida 0779 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish va aql va bilimidan foydalanib pul mukofotini yutib olish imkoniyati beriladi. Efir boshida boshlovchilar viktorina qoidalari va ishtirok etish narxini tushuntiradilar.

3. Xizmatga ulanish/bekor qilish tartibi xizmat kodini jonatish orqali amalga oshiriladi.
1. Viktorina jarayonida telekanal studiyasiga 0779 raqamiga qo‘ng‘iroq qilinganda, avtoinformator javob beradi va qo‘ng‘iroq narxi to‘g‘risida quyidagilarni ma'lum qiladi:
Telekanalning ko‘ngilochar portaliga hush kelibsiz, qo‘ng‘iroq pullik! 1 daqiqa narxi 3000 so‘m. Siz bosh menyudasiz, bo‘limni tanlang, jonli efirga kirish uchun 1 ni bosing;
2. 1 tugmachasini bosish orqali abonent qo‘ng‘irog‘i telekanal efiriga yo‘naltiradi;
3. Viktorina ishtirokchisi qo‘ng‘irog‘i telekanal efiriga yo‘naltirilganda:                              
• agar efir raqami band bo‘lmasa, qo‘ng‘iroq efirga uzatiladi va abonent Viktorinada qatnashadi;
• agar raqam boshqa ishtirokchining qo‘ng‘irog‘i bilan band bo‘lsa, abonentga efir bandligi to‘g‘risida xabar beriladi: Hozirda qo‘ng‘iroqlar ko‘p. Siz navbatga qoyildingiz.  Iltimos aloqada qoling, biz sizni jonli efirga ulaymiz.
4. Viktorinaning telekanal studiyasiga qo‘ng‘iroq qilib tusha olgan uchinchi ishtirokchisi, taqdimotchining savoliga to‘g‘ri javob bergan viktorina g‘olibi deb e'lon qilinadi;
5. Jonli efirga qo‘ng‘iroq qilib tushilganda, abonentga savol beriladi, unga abonent to‘g‘ri javob berishi kerak bo‘ladi. Viktorinaning shartlariga ko‘ra, agar javob noto‘g‘ri bo‘lsa, abonent bilan xayrlashiladi va navbatdagi qo‘ng‘iroq jonli efirga uzatiladi. Agar javob to‘g‘ri bo‘lsa, abonentga uning mobil hisob raqamiga o‘tkaziladigan pul miqdori ko‘rinishidagi mukofot sovrini beriladi;
6. Viktorinada cheksiz marta ishtirok etishingiz mumkin;
7. G‘olib viktorina sovriniga ega bo‘lishga haqli;
8. Sovrinlarni taqdim etish tartibi va ularning soni KONTENT PROVAYDER tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
  11-soniyadan qo‘ng‘iroqning har daqiqasi uchun 3 000 so‘m
“VipChat.uz” veb-portali www.vipchat.uz veb-portali har qanday mavzuda oddiy suhbat qurishni, tanishishni va yangi do'stlar topishni yaxshi ko'radiganlar uchun, bu yoqimli va yengil suhbat bilan vaqt o'tkazishning eng yaxshi yo‘li. Ushbu texnologiya, birinchi navbatda, foydalanuvchi uchun foydalanish qulayligi, idrokliligi, do'stona munosabati bilan jozibador. Vipchat.uz veb-portali - bu foydalanuvchilar o'rtasidagi matnli aloqa.
Imtiyozli muddat - profil yaratilgan kundan boshlab 2 kun.
SMS xabarlar (789) - 0 so'm,
Narxlash (0987) - 999 so‘m.
Xizmat narxi: obuna bo‘yicha QQS bilan kuniga 999 so‘m.
789 raqamiga "Stop chat" so‘zini SMS orqali yuborib, obunani bekor qilishingiz mumkin.
Barcha ulangan pulli xizmatlar haqida ma'lumot olish: 789 raqamiga Info1 so‘zini yuborish kerak.
789 raqamiga Stop so‘zi bilan SMS-so‘rov abonent provayder xizmatlaridan mustaqil ravishda obunani bekor qilishi uchun ishlatiladi.
Ma'lumot: (98) 1211228
789/0987 999 so‘m/ kuniga obuna bo‘yicha
«Qiziqarli faktlar» xizmati  Mazkur xizmat abonentga dunyodagi hamma narsa bo‘yicha ma’rifiy va g‘ayrioddiy faktlarni olib turish imkonini beradi.
Xizmat doirasidagi kontentga misollar:
  • Sayyora aholisining 70% dan oshig‘i hech qachon telefon qo‘ng‘irog‘ini eshitmagan. Afrikada har 40 kishidan faqat bittasida telefon bor.
  • Metro eskalatoridagi rezina tirsakqo‘ygich undagi yo‘lovchi uxlab qolmasligi uchun boshqacha tezlik bilan harakatlanadi.
 Xizmatni ulatish/o‘chirish tartibi
 
Xizmatni ulatish uchun 7889 raqamiga SMS tarzida X jo‘natish lozim.
7889 raqamiga chiquvchi bitta SMS narxi – 100 so‘m. Keyin abonent 789 raqamidan xizmatning ulanganligi haqida bildirishnoma oladi.
Xizmatga ulanganidan keyingi kundan boshlab abonentdan kuniga 1000 so‘mdan (ertalab va kechqurun, 852 raqamidan keluvchi har bitta kontentli SMS uchun 500 so‘mdan) yechiladi.
7889 raqamiga SMS yuborishi abonentning servis shartlariga to‘la roziligini anglatadi.
 
Xizmatga obunani bekor qilish uchun 789 raqamiga SMS tarzida STOP X jo‘natish lozim.
 7889,789,852 Ulanish narxi – 100 so‘m
Abonent to‘lovi – 1000 so‘m. Kuniga 2 marta 500 so‘mdan yechilaldi.

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.