Abonentlarga
Xizmatlar
Axborot-ko‘ngilochar xizmatlari
SDS Carrier Solutions

SDS Carrier Solutions

“Hayot testlari” xizmati – bu har xil hayotiy vaziyatlar uchun turli testlar portali.

Abonentlar hayot haqidagi turli savollarga javob topishlari hamda foydali maslahatlarni yoki qiziqarli hayotiy voqealarni o‘z ichiga oluvchi maqolalarni o‘qishlari mumkin.

Portal kontenti har kuni yangilanib boradi. Portalda turli-tuman bo‘limlar mavjud: ayollar, erkaklar, talabalar, haydovchilar, ish odamlari uchun va hokazo.

Bundan tashqari, portal rezyume tayyorlash, bolalarga ta’lim berish, xonadon qoidalari, suhbatlashish, imtihonlarga tayyorlanish va hokazo mavzulardagi maqolalarni o‘qib, dunyoqarashni kengaytirish imkonini beradi.

Portaldan foydalanishning birinchi kuni – bepul.

Ikkinchi kundan boshlab kunlik abonent to‘lovi – 842 so‘m (QQS bilan).
Narxlash 5869 raqamidan kiruvchi ko'rinmas SMS orqali amalga oshiriladi.
Hisobda to‘liq abonent to‘lovini (842 so‘m) yechish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, abonentdan bu miqdorning yarmi – 421 so‘m yechib olinadi. Bunda portalning faqat muayyan bir sahifalariga kirish imkoni bo‘ladi.

Xizmatni ulatish/o‘chirish tartibi

Obunani faollashtirish uchun 5868 raqamiga istalgan (СТОП, STOP, STOP1 so‘zlaridan tashqari) matnni SMS tarzida jo‘natish kerak. Faollashtirish so‘roviga javoban abonent ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi SMS-bildirishnoma, xizmat hamda uning narxi va qoidalari xususida, obunani bekor qilish qoidalari haqida batafsil ma’lumot hamda veb-havolani oladi.

Shuningdek, obuna uchun so‘rovni lifetest.uz portalidan ham yuborish mumkin.

5868 raqamiga SMS-so‘rovlar Eslatma
Istalgan so‘z Obunani faollashtirish so‘rovi
STOP, (СТОП) Obunani bekor qilish so‘rovi
STOP1 Obunani ko‘rinmas tarzda va raqam tizimdan o‘chirilganida bekor qilish so‘rovi

Xizmat nomi Xizmat haqida ma’lumot Xizmat raqami QQS bilan narxi
«Videogudok» Xizmat haqida ma’lumot:
«Videogudok» (Video Ring Back Tone – VRBT) xizmati – bu innovatsion ko‘ngilochar servis bo‘lib, unda har qo‘ng‘iroqda chaqiruvchi tomon zerikarli gudok o‘rniga o‘z smartfoni ekranida chaqiriluvchi tomon o‘rnatgan videoroliklar tomoshasidan bahra olishi mumkin bo‘ladi.

«Videogudok» xizmatiga obuna bo‘lgan har bir abonent Android operatsion tizimli smartfonlarga ilovani https://ucell.page.link/0 havolasi bo‘yicha o‘rnatib olishi va uni faollashtirishi mumkin.
Gudokka videoni o‘z galereyasidan ham, ilovada taklif etilgan turli saytlar (masalan, YouTube va h.k.) videokontentidan ham yuklash mumkin.
Mazkur xizmat Prepaid va Postpaid tizimlari abonentlari uchun ishlab chiqilgan. Videogudokni tomosha qilish uchun har ikkala abonent xizmatga obuna bo‘lishlari, ilovani o‘rnatishlari va internetga ulangan bo‘lishlari lozim.

Obuna narxi: kuniga 842 so‘m. Abonent to‘lovi yechilishi 8091 qisqa raqami orqali amalga oshiriladi.

Xizmatni ulatish / o‘chirish tartibi:
Xizmatni ulatish uchun abonentlar istalgan bir (o‘chirish uchun belgilangan «СТОП», «STOP» kalit so‘zlaridan tashqari) so‘zni xizmatning 8090 qisqa raqamiga SMS-xabar orqali yuborishlari lozim.
Birinchi ulanishda barcha abonentlar xizmatdan 3 (uch) kun bepul foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar.

Xizmatni o‘chirish uchun «STOP» yoki «СТОП» so‘zini 8090 servis raqamiga SMS-xabar orqali yuborish lozim.
8090, 8091 842 so‘m/Kunlik obuna
«Musiqalar Saltanati» «Musiqalar Saltanati» xizmati – bu butun jahonda ommalashgan «Kuyni toping» o‘yini asosida ishlab chiqilgan viktorina. Mazkur quvnoq musiqiy onlayn test foydalanuvchilarga chambarakdagi qo‘shiq qaysi ekanini topish va o‘zining musiqiy ko‘nikmalari yordamida sovrin yutib olish imkonini beradi.
Foydalanuvchi chambarakni aylantiradi va undagi tegishli ochkoga ega bo‘lgan tasodifiy musiqani oladi. Agar foydalanuvchi to‘g‘ri javob bersa (musiqani yoki xonandani 10-15 soniyada topsa), u ochkolar oladi. O‘ynashda davom etib, u turli sovrinlar yutib olish uchun o‘z imkoniyatlarini oshiradi. Xizmat barcha brauzerlar orqali spin-win.uz portalida amal qiladi.
Har oy yakunlariga ko‘ra eng ko‘p miqdorda ochko to‘plagan 1 obunachi g‘olib sifatida tanlanadi va sovringa IPHONE 12 PRO oladi. Agar abonent oylik sovrinni yutib olsa, u holda u bitta davr (bir yil) davomida takroran sovrin yutib ololmaydi. Bordi-yu ikki yoki undan oshiq abonent bir xilda eng ko‘p ball to‘plasa, u holda kuylarni hammadan oldin to‘g‘ri topgan kishi g‘olib deb tanlanadi.

Xizmatga obuna bo‘lish uchun:
- 6303 raqamiga SMS tarzida istalgan bir so‘zni (STOP, СТОП, Stop1, Stopall so‘zlaridan tashqari) yuboring.
-  Landing Page orqali obuna bo‘ling: spin-win.uz

Xizmatga obunani bekor qilish uchun:
- 6303 raqamiga SMS tarzida STOP yoki СТОП so‘zini yuboring.

Ulanish va narxlash shartlari:
Birinchi ulanishda barcha abonentlar o‘yinni 1 kun bepul o‘ynash imkoniga ega bo‘ladilar.
Ulanishning ikkinchi kunidan (xizmatga birinchi marta ulanish holatida), abonent hisobidan har kuni obuna uchun kunlik abonent to‘lovi – QQS bilan 1263 so‘m yechib olinadi.
Agar abonent hisobida mablag‘ yetarli bo‘lmasa, hisobdan qisman narxlash qiymati (QQS bilan 842 so‘m yoki QQS bilan 421 so‘m) yechib olinadi.
Abonent to‘langan miqdorga muvofiq ballarga va o‘ynash imkoniga ega bo‘ladi:
1263 UZS – abonent 150 ball oladi hamda chambarakni 21 marta aylantirishi va 21 ta qo‘shiqni topishi mumkin bo‘ladi; 842 UZS – abonent 100 ball oladi hamda chambarakni 14 marta aylantirishi va 14 ta qo‘shiqni topishi mumkin bo‘ladi; 421 UZS – abonent 50 ball oladi hamda chambarakni 7 marta aylantirishi va 7 ta qo‘shiqni topishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, abonentlar har bir to‘g‘ri javob uchun ballar to‘playdilar. To‘g‘ri javoblar uchun beriladigan ballar savollarning murakkablik darajasiga ko‘ra farqlanadi va portalda chambarakni aylantirganda aks etadi. Obunachilarda 6303 raqamiga Da, Yes, Ha, OK, 100 kalit so‘zlarini o‘z ichiga oluvchi qo‘shimcha so‘rovlar yuborib, o‘z ballarini ko‘paytirish va sovrinlar yutish uchun qo‘shimcha musiqiy parchalarni olish imkoni mavjud. Har bir qo‘shimcha so‘rov narxi – QQS bilan 1263 UZS. Shuningdek, qo‘shimcha savollar to‘plami uchun so‘rov yuborganida, agar abonent hisobida to‘liq qiymatni to‘lashga mablag‘ yetarli bo‘lmasa, bunda ham qisman narxlash qo‘llanadi. Narxlash turidan (to‘liq / qisman) kelib chiqib, abonent shunga mos miqdorda ballarni va shunga mos miqdorda chambarakni aylantirish imkonini qo‘lga kiritadi.
Qo‘shimcha ma’lumotni spin-win.uz saytidan olish mumkin.
6303
6304
6305
1263 so‘m (QQS bilan)
842 so‘m (QQS bilan)
421 so‘m (QQS bilan)

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.