Abonentlarga
Xizmatlar
Xizmatlar arxivi
«Yangi yil Syurprizi» xizmati

«Yangi yil Syurprizi» xizmati»

Nomi «2022 to‘plami» «4 GB to‘plami»
Xizmatni faollashtirish narxi 2022 so‘m 4000 so‘m
Xizmatni faollashtirganda taqdim etiluvchi limitlar
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar limiti 2022 -
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMSlar limiti 2022 -
Internet-trafik limiti 2022 МB 4 GB
Xizmat doirasidagi limitlarning amal qilish muddati 3 kun 

 


To‘plamlar

«2022 to‘plami»

• «2022 to‘plami»ni 31.01.2022 gacha istalgan musbat hisob holatida faqat bir marta faollashtirish mumkin.
• Taqdim etilgan limitlarning amal qilish muddati – xizmatni faollashtirish vaqtidan boshlab 3 kun.

«4 GB to‘plami»

• «4 GB to‘plami»ni 31.01.2022 gacha istalgan musbat hisob holatida kuniga faqat bir marta faollashtirish mumkin bo‘ladi.
• Taqdim etilgan limitlarning amal qilish muddati – xizmatni faollashtirish vaqtidan boshlab 3 kun.
Batafsil ma‘lumot
 
• To‘plamlarni 06.01.2022 dan to 31.01.2022 gacha (shu kunlari ham) faollashtirish mumkin.
• Xizmatga *620# USSD-so‘rovi vositasida, Call-markaz operatorlari (8123) orqali, shuningdek, Kompaniyaning xizmat ko‘rsatish ofislarida va rasmiy dilerlarida ulanish/o‘chirish mumkin.
• Limitlar qoldig‘ini *109# USSD-so‘rovi yordamida tekshirish mumkin.
• Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun, «Yangi yil Syurprizi» xizmati doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval, limitlar belgilanganligini *109# USSD-so‘rovi yordamida albatta oldindan tekshirib olishni tavsiya etamiz. Limitlar belgilanguniga qadar daqiqalar, SMSlar va MBlar abonentning tarif rejasi shartlariga ko‘ra narxlanadi. Limitlar belgilanguniga qadar daqiqalar, SMSlar va MBlar tarif rejasi shartlariga muvofiq limitdan tashqari ko‘rsatilgan narxlarda narxlanadi.
• Bir vaqtning o‘zida birdaniga ikkita – «2022» va «4 GB» to‘plamini faollashtirish mumkin.
• Agar abonent raqamida oylik tarif rejasi doirasida ishlatilmagan MBlar, daqiqalar yoki SMSlar bo‘lsa, limitlarning sarflanishi, birinchi navbatda, «Yangi yil Syurprizi» xizmat doirasida amalga oshiriladi.
• «Yangi yil Syurprizi» xizmatiga ulanganda, agar «Yangi yil Syurprizi» xizmati doirasida taqdim etilgan avvalgi to‘plam amal qilish muddati tugamagan bo‘lsa, «Yangi yil Syurprizi» xizmati doirasida yangi berilgan trafik avvalgi to‘plamdan ishlatilmagan trafik miqdoriga qo‘shiladi.
• «Yangi yil Syurprizi» xizmati doirasida taqdim etilgan internet trafikni amal qilish muddati, ushbu xizmat doirasida so‘nggi yoqilgan to‘plam muddatidan kelib chiqib belgilanadi.
• Xizmatning to‘g‘ri ishlashi uchun, agar to‘plamni faollashtirish vaqtida internet ishlayotgan bo‘lsa, uni uzib turish va keyin qayta ulash lozim.
• «Yangi yil Syurprizi» xizmati doirasida taqdim etilgan limitlar roumingda bo‘lgan abonentlar uchun amal qilmaydi.
• «Yangi yil Syurprizi» xizmati doirasida taqdim etilgan daqiqalar axborot-ko‘ngilochar xizmatlarga hamda xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi.
• «Yangi yil Syurprizi» xizmati doirasidagi «2022» to‘plamni quyidagi tarif rejalari abonentlari faollashtira olmaydilar: «Special Unlim Turbo», «Special Unlim», «Drive», «Uchar Internet», Mahalla, Marhamat, Student, Tantana Unlim.
• «4 GB» to‘plamni quyidagi tarif rejalari abonentlari faollashtira olmaydilar: «Special Unlim Turbo», «Special Unlim», «Drive», «Uchar Internet», Marhamat.
• Agar abonent «Cheksiz Internet-to‘plamlar» xizmatiga ulangan bo‘lsa, «Yangi yil Syurprizi» xizmatini faollashtira olmaydi.

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.