“SMS taxallus” xizmati Ucell abonentlariga o‘z raqamlari o‘rniga taxallus o‘rnatish imkonini beradi. Ushbu taxallus siz yuborgan SMSni qabul qilayotgan abonent telefonida raqamingiz o‘rniga ko‘rsatiladi.
Xizmatni boshqarish -
Chiquvchi SMS xabarining narxi – 84.2 so‘m (amaldagi chiqish SMS narxiga qoʻshimcha sifatida va abonent tarif rejasidan qat’iy nazar).
Buyruq | Ko‘rsatma | To‘liq so‘rov |
1 | Xizmatga ulanish | *327*1# |
2 | Xizmatni bekor qilish | *327*2# |
3 | Xizmat holatini tekshirish | *327*3# |
4 | Qoshimcha ma’lumot | *327*4# |
“SMS Taxallus” xizmatidan foydalanish
Xizmat faollashtirilgandan so‘ng, sizning yuborgan SMS xabaringizni qabul qiluvchi abonent raqamingiz yoki mobil telefon xotirasidagi ro‘yxatda saqlangan nomingiz o‘rniga siz o‘rnatgan taxallusni ko‘radi. Siz o‘z taxallusingizni o‘rnatish uchun 327 raqamiga SMS yuborishingiz lozim. Taxallusda faqat lotin alifbosidagi harflar va belgilardan foydalanish mumkin hamda taxallus uzunligi 11 belgidan oshmasligi lozim. Xizmat faollashtirilgandan so‘ng, sizning yuborgan SMS xabaringizni qabul qiluvchi abonent raqamingiz yoki mobil telefon xotirasidagi ro‘yxatda saqlangan nomingiz o‘rniga siz o‘rnatgan taxallusni ko‘radi. Taxallusdagi barcha belgilar (harflar ham) kichik registr orqali terilishi kerak (kichkina harflar bilan). Taxallus oʻz oʻrnida unikal (takrorlanmas) boʻlib, bir necha Ucell abonentlari bir xil taxallusni o‘rnata olmaydilar.
Ushbu xizmat barcha abonentlar uchun taqdim etiladi va Perfectum Mobile va Mobiuzdan tashqari O‘zbekistonning barcha uyali aloqa operatorlari abonentlariga yuborilgan SMS uchun amal qiladi.
Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.
Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.
Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.
Diqqat!