"Shartnomani qayta ro‘yxatdan o‘tkazish"
Raqamni boshqa shaxs nomiga qayta ro‘yhatdan o‘tkazish uchun kerakli yozma arizani toldirishingiz lozim.
Buning uchun shahringizda joylashganUcell Sotuv va abonentlarga xizmat ko'rsatish markazlariga murojaat qilishingiz kerak. Shartnomani qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun o‘zingiz bilan shahsingizni aniqlovchi pasport olishni unutmang. Shuningdek, ushbu xizmatni taqdim etish ariza varag‘ini to‘ldirishingiz lozim. Shu borada Abonent (Ishonch bildiruvchi) vakili bo‘lish uchun yoki uning nomidan ish tutish uchun Kompaniyaga murojaat qilib Ishonchnoma taqdim etganingizda, pasportingiz yoningizda bo‘lishi hamda quyidagi ma’lumot va harakatlar Ishonchnomada albatta aks ettirilgan bo‘lishi kerak:
-
Ishonchnoma berilgan joy va sana;
-
Ishonch bildiruvchi va Ishonchli vakilning familiyasi, ismi va otasining ismi;
-
Pasprot ma’lumotlari (seriya va raqami, berilgan sana\kim tomondan berilganligi, amal qilish muddati);
-
Ishonch bildiruvchi va Ishonchli vakilning doimiy yoki vaqtinchalik propiska (ro‘yxat) bo‘yicha yashash joyi;
-
Ishonchli vakilga berilgan vakolatlar doirasi (aniq abonent raqam(lar)ini ko‘rsatgan holda);
-
Abonent raqamining qo‘ng‘iroqlar tafsilotini olish uchun aniq davri;
-
Ishonch bildiruvchining imzosi;
-
Ishonch bildiruvchining pasport nusxasi;
-
Ishonchli vakil pasportining asl nusxasi.
Kompaniya ofislariga SIM-karta almashtirish uchun Prepaid va Postpaid (jismoniy shaxs) abonentlari murojaat qilganida, quyidagi hujjatlardan birining aslini taqdim etishi kerak:
-
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;
-
Shartnoma asosida harbiy xizmat o‘tayotgan shaxs guvohnomasi yoki O‘zR Qurolli kuchlari ofitseri guvohnomasi + №33 shakl (davlat xizmatchilari safidagi yoki mutaxassiligi harbiy bo‘lgan shaxslar uchun);
-
Akkredetiv karta (diplomatik vakolatxonalar va missiyalarning xodimlari uchun, hamda xorijiy tashkilotlar vakolatxonalari uchun);
-
Xorijiy fuqaro pasporti;
-
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun yashash uchun ruxsatnoma yoki yo‘l yurish hujjati;
-
Haydovchilik guvohnomasi (qo‘shimcha xizmatlarni faollashtirish yoki o‘chirish uchun, qo‘ng‘iroqlar tafsilotlaridan tashqari);
-
Ma’lumotnoma*
Shartnoma tuzish uchun bo‘lg‘usi Abonent O‘zbekiston Respublikasining hududida doimiy yoki vaqtinchalik propiskada bo‘lishi shart.
*Ma’lumotnoma/ №9 shakl – pasport yo‘qotilganda ichki ishlar idoralari tomonidan berilgan fotosuratli ma’lumotnoma, ort tarafida vaqtinchalik yoki doimiy propiska shtampi qo‘yilgan bo‘lsihi kerak. Ma’lumotnoma 6 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi.
Kompaniya tomonidan “Qo‘ng‘iroqlar tafsiloti”, “Yangi Shartnoma tuzish”, “Shartnomani qaytadan tuzish” va “Shartnomani bekor qilish” kabi xizmatlar
Abonentning ma’lumotnomasi/№9 shakli asosida taqdim etilmaydi.
Xizmat narxi QQS bilan birga – 12630 so‘m.
Bunda to‘lov faqat bir marta amalga oshiriladi.
Abonent vafot etgan holatlarda, raqam marhumning yaqin qarindoshlaridan (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, o‘g‘li, qizi, akasi, ukasi, opasi, singlisi) birining nomiga qayta rasmiylashtiriladi. Raqamni qayta rasmiylashtirish uchun quyidagilar taqdim etilishi lozim:
-
o‘lim haqida guvohnoma (hujjatning asli)
-
vafot etgan shaxs bilan qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik, haqida guvohnoma nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma).
Iltimos, so’rov amalga oshishini kutib turing ...
Sessiya vaqti tugadi. Sahifani yangilang va qayta to’ldiring
Ichki hato ro’y berdi. Keyinroq xabar qoldirishga urinib ko’ring. Rahmat!
Xabar uzunligi - 512 simvol.