Abonentlarga
Tariflar
Mahalla

Mahalla

Endi qo‘shnilar bilan aloqada bo‘lish oson va qulay!

Tarif rejasining nomi Mahalla
Oylik abonent to‘lovi 15 000 so‘m
Tarif ichidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning oylik limiti Cheksiz*
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning oylik limiti 750
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMSlarning oylik limiti 750
Barcha yo‘nalishlar uchun oylik internet-trafik limiti 1 GB
Berilgan limitdan tashqari O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa,
SMS va 1 MB internet narxi
20 so’m

* Texnik cheklanma – oyiga 45000 daqiqa

Limitlar qoldig‘ini tekshirish:
- daqiqalar va SMSlar;
- internet-trafik MBlari.

Tarif rejasi faqat Kompaniyaning xizmat ko‘rsatish ofislarida va rasmiy dilerlarida yangidan ulanishda amal qiladi

  • Yo‘nalishlar bo‘yicha narxlash

    Yo‘nalishlar bo‘yicha narxlash:
    O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS narxi (berilgan limitdan tashqari) 20 so‘m
    Tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi (berilgan limitdan tashqari) 20 so‘m
    Tarmoqdan tashqari qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi (berilgan limitdan tashqari) 20 so‘m
    1 MB internet narxi (berilgan limitdan tashqari) 20 so‘m
    O‘zbekiston bo‘yicha MMSlar 20 so‘m
    Xalqaro SMSlar 1000 so‘m
    Xalqaro MMSlar 1263 so‘m
  • Muhim!

    • Tarif rejasi faqat yangi ulanishlar uchun amal qiladi.
    • Tarif rejasiga Kompaniyaning xizmat ko‘rsatish ofislarida va rasmiy dilerlarida ulanish mumkin.
    • Mahalla tarif rejasida oylik abonent to‘lovining yechilishi va limitlarning belgilanishi:
    - Oylik abonent to‘lovi har oyda kalendar oyining 1-sanasiga bog‘lanmagan holda yechiladi: agar abonent tarif rejasiga 24-sanada ulansa/o‘tsa, u holda keyingi oylik abonent to‘lovi keyingi oyning 24-sanasida yechiladi. Agar abonent 31-sanada ulangan/o‘tgan bo‘lsa, u holda keyingi oylik abonent to‘lovi 30-sanada, fevral oyining 28/29-sanasida, agarda keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa, unda 31-sanasida yechiladi.
    - Tarif rejasi doirasidagi oylik limitlar faqat joriy davr uchun tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi samarali yechilganidan keyingina belgilanadi. Tarif rejasi doirasidagi oylik limitlarning amal qilish muddati – 32 kun. Oylik limitlardan abonentlar faqat Faol holatdagina foydalana oladilar.
    • Tarif rejasi doirasida oylik abonent to‘lovining yechilishi hamda oylik limitlarning belgilanishi har oyda soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan vaqtda (yechilish vaqti qat’iy belgilanmagan) amalga oshadi. Tarif rejasiga ulanish yoki o‘tish sanasi bir oylik davrda oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi hisoblanadi. Oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun abonent raqami Faol holatda bo‘lishi kerak. Agar abonent raqami Bloklangan holatda bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi.
    • Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent raqami qarzga kiradi va tarifda ko‘zda tutilgan limitlar to‘liq hajmda belgilanadi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
    • Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent raqami Bloklangan holatda bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi. Bunday hollarda abonent raqami Faol holatga o‘tgach, oylik abonent to‘lovi navbatdagi tunda, soat 00:01 dan to 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) yechiladi; bunda abonent raqami Bloklangan holatdan chiqqanidan so‘ng yechilgan oylik abonent to‘lovi tarif rejasi bo‘yicha navbatdagi oylik abonent to‘lovining yechilish sanasini o‘zgartirmaydi. Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun tarif rejasi doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval oldindan *102#,*103# USSD-so‘rovi yordamida limitlar belgilanganligini tekshirib olishni tavsiya etamiz. Limitlar belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar va SMSlar limitdan tashqari ko‘rsatilgan narxlarda narxlanadi.
    • Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent raqami bloklangan holatda bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi. Bunday holatda abonent raqami faol holatga o‘tganida, oylik abonent to‘lovi quyidagicha yechiladi:
    - Agar Kompaniya tizimi abonent to‘lovini yechishga urinmasidan AVVAL abonent raqami faol holatga o‘tgan bo‘lsa – navbatdagi tunda, soat 00:01 dan to 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) yechiladi. Abonent to‘lovini yechishga urinish yuqorida ko‘rsatilgan muddat davomida bir marta amalga oshiriladi.
    - Agar Kompaniya tizimi abonent to‘lovini yechishga uringanidan SO‘NG abonent raqami faol holatga o‘tgan bo‘lsa – undan keyingi tunda, soat 00:01 dan to 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) yechiladi. Abonent to‘lovini yechishga urinish yuqorida ko‘rsatilgan muddat davomida bir marta amalga oshiriladi.
    • Oylik abonent to‘lovi yechilganidan so‘ng abonentning tarif rejasiga muvofiq limitlar belgilanadi. Yechilgan oylik abonent to‘lovi tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovining keyingi yechilishi sanasini o‘zgartirmaydi, limitlarning amal qilish muddati ham surilmaydi.
    • Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun tarif rejalari doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval limitlari belgilanganligini *102# va *103# USSD-so‘rovlari yordamida albatta tekshirib olishni tavsiya etamiz. Limitlar belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar, SMSlar va internet MBlari limitdan tashqari ko‘rsatilgan narxlarda narxlanadi.
    • Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida, agar bloklangan holatdan chiqqandan so‘ng oylik abonent to‘lovi yechilmagan bo‘lsa, *222# USSD-so‘rovi yordamida «Restart» xizmatini faollashtirishni tavsiya etamiz. Mazkur xizmat samarali faollashtirilganidan so‘ng abonent hisobidan oylik abonent to‘lovi yechiladi va tarif rejasi doirasidagi limitlar belgilanadi; oylik davr va limitlarning amal qilish muddati esa «Restart» xizmati oxirgi marta samarali faollashtirilgan kunidan bir oy keyingi sanadan o‘rnatiladi. Eslatib o‘tamiz, tarif doirasidagi limitlardan faqat raqam Faol holatda bo‘lsagina foydalanish mumkin.
    • Yangi ulanishda, agar abonent balansi musbat holatda bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi va limitlar to‘liq hajmda (qolgan kunlar uchungina emas) yechiladi va belgilanadi.
    • Mahalla tarif rejasi abonentlari uchun «Qadrdonlar!» sodiqlik dasturi amal qiladi.
    • Tarif rejasi doirasida taqdim etilgan daqiqalar axborot-ko‘ngilochar xizmatlarga hamda xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi.
    • Tarif rejalari doirasida taqdim etilgan limitlar roumingdagi abonentlar uchun amal qilmaydi.
    • Mahalla tarif rejasi abonentlari uchun «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi», «Tungi Internet», «Qulay daqiqalar» va «Oson almashuv» xizmatlari, shuningdek *255# USSD so‘rovi orqali qo’shimcha internet to’plamlar aksiyasi amal qiladi.
    • Mahalla tarif rejasi abonentlari uchun «Raqamni saqlab qolish», «Tarmoq ichida 0», VIP xizmatlari hamda «Tarmoq ichida qulay», «O‘zbekiston bo‘yicha qulay» xizmatlar to‘plamlari amal qilmaydi.
    • Texnik cheklanma – oyiga 45000 daqiqa. Cheksiz qo‘ng‘iroqlar har bir abonentga alohida hisoblashda taqdim etiladi va "Konferents-qo‘ng‘iroq" xizmatidan foydalanganda guruh qo‘ng‘iroqlariga taalluqli emas.
    • Mahalla tarif rejasi abonentlari mustaqil tarzda *551# USSD-so‘rovi yordamida yoki “Mening kabinetim” xizmati yordamida boshqa ochiq tarif rejalariga o‘tishlari mumkin. Tarif rejasini almashtirish – 0 so‘m
    • Boshqa ochiq tarif rejalariga o‘tishda, «Mahalla» tarif rejasi ichidagi daqiqalar limitining qoldiqlari amal qilmaydi.
    • «Mahalla» tarif rejasidan «Kayfiyat» tizimining («Superkayfiyat» tarifidan tashqari) tarif rejalariga o‘tishda O‘zbekiston bo‘yicha  qo‘ng‘iroqlar limitining qoldig‘idan tarmoqdan tashqari qo‘ng‘iroqlar yo‘nalishida foydalanish mumkin bo‘ladi.
  • Restart xizmati

    Restart xizmatini faollashtirganda abonentlar oylik davrning istalgan kunida bir oylik limitlarni olishadi, bunda oylik abonent to‘lovining yechilish muddati yangilanadi.

    1. Restart xizmati *222# USSD-so‘rovi yordamida faollashtiriladi.
    2. Restart xizmatidan raqami faol holatda bo‘lgan barcha abonentlar foydalana oladilar.
    3. Restart xizmatini faollashtirganidan so‘ng abonent hisobidan to‘liq oylik abonent to‘lovi yechiladi va abonentning tarif rejasi oylik abonent to‘lovi doirasida to‘liq oylik limitlar belgilanadi.
    4. Restart xizmati muvaffaqiyatli faollashtirilganida, limitlarning amal qilish muddati va oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi sifatida mazkur xizmat faollashtirilganidan 1 oy keyingi sana o‘rnatiladi.
    5. Restart xizmatini faollashtirgan abonentlarda oylik davr Restart xizmati oxirgi marta muvaffaqiyatli faollashtirilgan kundan bir oy keyinga belgilanadi.
    6. Agar paytida oylik abonent to‘lovini yechish abonent hisobida abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent hisobi qarzga kiradi va oylik abonent to‘lovida ko‘zda tutilgan limitlar to‘liq hajmda taqdim etiladi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan bu limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
    7. Restart xizmatini o‘z tarif rejasini haqi oldindan to‘lanuvchi boshqa bir tarif rejasiga almashtirgan holda o‘chirish mumkin.
    8. Tarif rejasi doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval, daqiqalar, SMSlar va internet-trafik limitlari belgilanganligini tarif rejalarning shartlariga muvofiq *102#; *103# USSD-so‘rovlari yordamida oldindan tekshirib olishni tavsiya etamiz. Limitlar belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar va internet tarif rejalarida limitdan tashqari narxlanishi shartlariga muvofiq narxlanadi.
    9. "Restart" xizmatidan sutkasiga faqat 1 marta foydalanish mumkin (joriy sutkaning boshidan, 00:00 dan 23:59 gacha)

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Raqam tanlash

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Ofisni to'pish


Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.