Abonentlarga
Tariflar
Tariflari arhivi
Special Unlim

Special Unlim


  Qo‘ng‘iroqlar:

CHEKSIZ*

  Internet:

CHEKSIZ**

  SMS:

O‘zbekiston bo‘yicha 5 000 SMS


Oylik abonent to‘lovi: 139 900 so‘m
* Texnik cheklanma – oyiga 45000 daqiqa.
** Barcha yo‘nalishlar uchun 30 kunlik trafik limiti – to‘liq tezlikda 70 GB to‘liq tezlikda taqdim etilgan limit tugaganidan so‘ng, internet tezligi pasayadi va 128 kbit/soniyagacha qilib belgilanadi.

Limitlar qoldig‘ini tekshirish: *102# – daqiqalar va SMSlar
*103# va *868# - yuqori tezlikdagi internet-trafik qoldig‘ini tekshirish

10.12.2021-y.dan «Special Unlim» tarifiga yangi ulanishlar va o'tish mavjud emas.

«Special Unlim» tarif rejasidan «Sof» tizimi tariflariga, shuningdek «Start 10», «Ovoz 15» va «Internet 60» tarif rejalariga o‘tish narxi – 0 UZS (*120# USSD).

“Special Unlim” tarif rejasidan “Sof” tariflar tizimiga, yoki “Start 10”, “Ovoz 15” va “Internet 60” tarif rejalariga o‘tilsa, oldingi tarif rejasiga ko‘ra avval belgilangan limitlar bekor qilinadi.
  • Narxlash
    Tarif rejasining nomi Special Unlim
    Oylik abonent to‘lovi 139 900 so‘m
    O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi daqiqalarning oylik limiti  Cheksiz*
    O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMSlarning oylik limiti 5 000
    Oylik internet-trafik limiti Cheksiz**
    Limitlarni tekshirish *868#
    Yuqori tezlikdagi internet-trafik qoldig‘ini tekshirish
    Yo‘nalishlar bo‘yicha narxlash: 
    O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS narxi (berilgan limitdan tashqari) 80 so‘m
    Tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi 95 so‘m
    Tarmoqdan tashqari qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi (berilgan limitdan tashqari) 125 so‘m
    1 MB internet narxi 450 so‘m
    O‘zbekiston bo‘yicha MMSlar 210,5 so‘m
    Xalqaro SMSlar 1 000 so‘m
    Xalqaro MMSlar 1263 so‘m

    * Texnik cheklanma – oyiga 45000 daqiqa.
    ** Barcha yo‘nalishlar uchun oylik trafik limiti – to‘liq tezlikda 70 GB to‘liq tezlikda taqdim etilgan limit tugaganidan so‘ng, internet tezligi pasayadi va 128 kbit/soniyagacha qilib belgilanadi.

    Limitlar qoldig‘ini tekshirish: *102# – daqiqalar va SMSlar
    *103# va *868# - yuqori tezlikdagi internet-trafik qoldig‘ini tekshirish

    Eslatma
    Smartfonlar, standart holatda, mobil trafikni quyidagilarga fon rejimida sarflaydi: tizim va ilovalarni yangilashga; vidjetlar (ob-havo, kalendar va boshqalar) va ijtimoiy tarmoqlar ma’lumotlarini sinxronlashga, hamda analitik-hisoblagichlarga (Google, google-analytics.com , googletagmanager.com, gstatic.com, stats.g.doubleclick.net). Ushbu holatlarda trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik hamma yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan intrenet-to‘plamdan sarflanadi.

  • Qo‘shimcha ma’lumot

    01.11.2021 sanasidan «Special» tariflar tizimi doirasida taqdim etilgan oylik limitlarning amal qilish muddati joriy (32 kunlik) oylik davr o‘rniga 1 oyni tashkil etadi.
    «Special Unlim» tarif rejasida, 30 kundan oshiq nofaol holatda bo‘lib turgan («Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmati yoqilganlaridan tashqari) abonentlarning manfiy hisobi 0 UZSgacha tiklanadi.

    Tarif rejasini almashtirish faqat Faol holatda mumkin bo‘ladi.

    1. Oylik abonent to‘lovining yechilishi va limitlarning belgilanishi:
    - Tarif rejasiga o‘tishda/yangi ulanishda, oylik abonent to‘lovi mos holda yechiladi (oylik abonent to‘lovi qiymati va limitlar joriy oyning oxirigacha qolgan kunlar soniga mos tarzda yechiladi/belgilanadi), limitlarning amal qilish muddati joriy oyning oxirigacha qilib belgilanadi.
    - Tarif rejasi doirasida abonent to‘lovining yechilishi hamda limitlarning belgilanishi har bir yangi oyning birinchi kunida soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan vaqtda (yechilish vaqti qat’iy belgilanmagan) amalga oshadi. Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent raqami Bloklangan holatda bo‘lsa, abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan oylik abonent to‘lovi darhol yechiladi.  Oylik abonent to‘lovi yechib olingandan so‘ng, abonentning tarif rejasi bo‘yicha limitlar to‘liq miqdorda tayinlanadi. Yechilgan abonent to‘lovi tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovining keyingi yechilishi sanasini o‘zgartirmaydi.
    - Agar oylik abonent to‘lovini yechish kunida abonent hisobida oylik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent raqami manfiy holatga o‘tib, tarifda ko‘zda tutilgan oylik limitlar to‘liq hajmda belgilanadi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan limitlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi.
    - Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun tarif rejasi doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval *102#, *103# va *868# USSD-so‘rovlari yordamida limitlar belgilanganligini albatta oldindan tekshirib olishni so‘raymiz. Daqiqalar, SMSlar va MBlar limitlari belgilanguniga qadar narxlash limitdan tashqari ko‘rsatilgan narxlarda amalga oshiriladi.
    2. E’tibor qiling:
    Joriy oylik davr uchun taqdim etilgan limitlardan tarif rejasi shartlariga muvofiq keyingi oylik davrning belgilangan sanasida abonent to'lovi yechilguniga qadar foydalanish mumkin. Belgilangan sanada abonent to'lovi yechilib, yangi davr uchun limitlar belgilanganidan so'ng, avvalgi limitlar amal qilmaydi. Agar belgilangan sanada, abonent raqami ijobiy holatda bo'lib, yangi davr uchun oylik abonent to'lovi yechilmay qolgan bo'lsa, oxirgi oylik abonent to'lovi yechilganidan keyin belgilangan limitlar 05:59:59 gacha foydalanish uchun amal qiladi.
    3. «Special Unlim»  tarif rejasi abonentlari uchun «Qadrdonlar!» sodiqlik dasturi amal qiladi.
    4. Tarif rejalarining limitlari doirasida taqdim etilgan daqiqalar axborot-ko‘ngilochar xizmatlarga hamda xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi.
    5. Tarif rejalari doirasida taqdim etilgan limitlar roumingdagi abonentlar uchun amal qilmaydi.
    6. «Special Unlim» tarif rejasi abonentlari uchun «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi», «Raqamni saqlab qolish», «SMS-to‘plamlar», «Xalqaro SMS-to‘plamlar», «Butun dunyo» xizmatlari amal qiladi.
    7. «Special Unlim» tarif rejasi abonentlari uchun quyidagi xizmatlar amal qilmaydi: «Tungi internet-to‘plamlar», «Internet Mega Boom», «Tarmoq ichida qulay», «O‘zbekiston bo‘yicha qulay», «iTV» va «Mediabay».
    8. Boshqa tariflarga «Special Unlim» tarif rejalsidan o‘tishda, taqdim etilgan cheksiz internet-trafik hamda O‘zbekiston bo‘yicha cheksiz daqiqalar qoldiqlari amal qilmaydi.
    9. Agar «Special Unlim» tarif rejasidagi abonent qo‘shimcha internet-to‘plamlarni yoki xizmatlarni faollashtirsa, unda mazkur xizmatlar doirasidagi MB limitlaridan «Special Unlim» tarif rejasida foydalanib bo‘lmaydi.
  • “Reset” xizmati shartlari

    1. «Reset» xizmati faollashtirganda, abonentlar oylik cheklovlari (shu jumladan yuqori tezlikdagi internet-trafikni) oyning istalgan kunida yangilaydilar va taqdim etilgan limitlar joriy oyning oxirigacha amal qiladi.
    2. «Reset» xizmati *222# USSD-so‘rovi yordamida faollashtiriladi.
    3. « Reset» xizmatidan raqami Faol holatda bo‘lgan abonentlar foydalana oladilar.
    4. Xizmatni faollashtirish narxi tarif bo'yicha oylik abonent to'lovi qiymatiga teng. Xizmatni 1-kundan keying bir oy ichida faollashtirilganda, xizmat narxi joriy oyning oxirigacha qolgan kunlar soniga mutanosib ravishda o’zgaradi. Bunday holda, limitlar joriy oyning oxirigacha qolgan kunlar soniga mutanosib ravishda belgilanadi va ishlaydi.
    5. Agar «Reset» xizmatini faollashtirish paytida abonent hisobida mazkur xizmat to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda xizmat haqi joriy oyning oxirigacha qolgan kunlar soniga muvofiq tarzda yechiladi; bunda abonent raqami manfiy holatga o‘tib qoladi. Tarif doirasida ko‘zda tutilgan oylik limitlar ham oyning oxirigacha qolgan kunlar uchun belgilanadi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan limitlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi.
    6. Tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovining yechilish kunida «Reset» xizmatini faollashtirish imkoni bo‘lmaydi.

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Raqam tanlash

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Ofisni to'pish

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.