Abonentlarga
Tariflar
"Special" - Muloqotning o'zgacha uslubi!

Special Unlim


Oylik internet-trafik limiti
Cheksiz**

O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi daqiqalarning oylik limiti
Cheksiz*

O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS limiti
3 000


Oylik abonent to‘lovi 139 900 UZS

“Special 125”


  •   Qo‘ng‘iroqlar:
  • O‘zbekiston bo‘yicha CHEKSIZ*

  •  Internet:
  • 35 GB internet-trafik

  •  SMS:
  • O‘zbekiston bo‘yicha 1 000 SMS

Oylik abonent to‘lovi: 125 000 so‘m

“Special 80”


  •   Qo‘ng‘iroqlar:
  • O‘zbekiston bo‘yicha 7 000 daqiqa

  •  Internet:
  • 18 GB internet-trafik

  •  SMS:
  • O‘zbekiston bo‘yicha 1 000 SMS

Oylik abonent to‘lovi 80 000 so‘m

“Special 55”


  •   Qo‘ng‘iroqlar:
  • O‘zbekiston bo‘yicha 3 000 daqiqa

  •  Internet:
  • 11 GB internet-trafik

  •  SMS:
  • O‘zbekiston bo‘yicha 1 000 SMS

Oylik abonent to‘lovi 55 000 so‘m

“Special 35”


  •   Qo‘ng‘iroqlar:
  • O‘zbekiston bo‘yicha 2000 daqiqa

  •  Internet:
  • 6 GB internet-trafik

  •  SMS:
  • O‘zbekiston bo‘yicha 500 SMS

Oylik abonent to‘lovi 35 000 so‘m

* Texnik cheklanma – oyiga 45000 daqiqa.
** Barcha yo‘nalishlar uchun 30 kunlik trafik limiti – to‘liq tezlikda 50 GB; to‘liq tezlikda taqdim etilgan limit tugaganidan so‘ng, internet tezligi 128 kbit/soniyagacha qilib belgilanadi.
Limitlar taqdim etilishining 08.10.2020-y.da yangilangan shartlari, «Special» tariflar tizimining mavjud bo‘lgan abonentlari uchun tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovining navbatdagi yechilishida belgilanadi.
Yangi ulanishlarda, tarifni almashtirganda yoki «Restart» xizmatidan foydalanganda, yangi shartlardagi limitlar abonent to‘lovi yechilishi bilan darhol belgilanadi
.

Tarifga o‘tish: *120#

Limitlar qoldig‘ini tekshirish: *102# – daqiqalar va SMSlar
*103# - internet-trafik MBlari
*868# - Yuqori tezlikdagi internet-trafik qoldig‘ini tekshirish

Special Unlim tarif rejasiga barcha tarif rejalardan o‘tish narxi - 0 so‘m.
Special 35 tarif rejasiga Active tariflar tizimidan, Special Mix, Special Super, Special X, Special 55, Special 80 va Special 125 tarif rejalaridan o‘tish narxi - 2105 so‘m.
Special 55 tarif rejasiga Active 70, Active 100, Special Super, Special X, Special 80 va Special 125 tarif rejalaridan o‘tish narxi - 2105 so‘m.
Special 80 tarif rejasiga Active 100, Special X va Special 125 tarif rejalaridan o‘tish narxi - 2105 so‘m.

"2 GB" internet-to‘plamini faollashtirish - *255#
Internet-to‘plam narxi – 10 000 so‘m.

  • Narxlash
    Tarif rejasining nomi Special 35 Special 55 Special 80 Special 125 Special
    Unlim
    Oylik abonent to‘lovi 35 000 so‘m. 55 000 so‘m. 80 000 so‘m. 125 000 so‘m. 139 900 so‘m.
    O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi daqiqalarning oylik limiti 2 000 3 000 7 000 Cheksiz* Cheksiz*
    O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMSlarning oylik limiti 500 1 000 1 000 1 000 3 000
    Oylik internet-trafik limiti 6 GB 11 GB 18 GB 35 GB Cheksiz**
    Limitlarni tekshirish
    *102# - daqiqalar va SMSlar
    *103# - internet-trafik MBlari
    *868#
    Yuqori tezlikdagi internet-trafik qoldig‘ini tekshirish
    Yo‘nalishlar bo‘yicha narxlash: 
    O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS narxi (berilgan limitdan tashqari) 80 so‘m
    Tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi 95 so‘m
    Tarmoqdan tashqari qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi (berilgan limitdan tashqari) 125 so‘m
    1 MB internet narxi 450 so‘m
    O‘zbekiston bo‘yicha MMSlar 210,5 so‘m
    Xalqaro SMSlar 505,2 so‘m
    Xalqaro MMSlar 1263 so‘m

    * Texnik cheklanma – oyiga 45000 daqiqa.
    ** Barcha yo‘nalishlar uchun 30 kunlik trafik limiti – to‘liq tezlikda 50 GB; to‘liq tezlikda taqdim etilgan limit tugaganidan so‘ng, internet tezligi 128 kbit/soniyagacha qilib belgilanadi.
    Tarifga o‘tish: *120#
    Limitlar qoldig‘ini tekshirish: *102# – daqiqalar va SMSlar
    *103# - internet-trafik MBlari
    *868# - Yuqori tezlikdagi internet-trafik qoldig‘ini tekshirish

    Cheksiz qo‘ng‘iroqlar faqatgina 1 ta abonentga taqdim etilib, “Konferens-aloqa” xizmati doirasidagi guruh qo‘ng‘iroqlari uchun amal qilmaydi.

    Shuni e’tiborga olishingizni so‘raymizki, tarif rejasining shartlari doirasida Facebook ijtimoiy tarmog‘i, Telegram va WhatsApp messenjerlari uchun taqdim etiluvchi limitlar VPN/boshqa saytlar orqali/ "begona" mobil brauzerlar (masalan, Opera Mini, Chrome v.b.) orqali ulanishda sarflanmaydi.

    E’tibor bering!
    Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarning egalari ma’lum IP-manzillar va protokollar doirasida o‘z xizmatlarini taqdim etishadi. Ucell aynan o‘sha (ro‘yxatga kiritilgan) doiradagi manzillar uchun trafik hajmini ajratadi. Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarning egalari IP-manzillarini yoki protokollarini o‘zgartirganlari uchun mas’uliyatni Ucell o‘z zimmasiga olmaydi, bu holda trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik hamma yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan intrenet-to‘plamdan sarflanadi.
    Ijtimoiy tarmoqlarga va messenjerlarga proksi-server, VPN yoki uchinchi sayt orqali kirishda, trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik hamma yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan internet-to‘plamdan sarflanadi.

    Eslatma
    Smartfonlar, standart holatda, mobil trafikni quyidagilarga fon rejimida sarflaydi: tizim va ilovalarni yangilashga; vidjetlar (ob-havo, kalendar va boshqalar) va ijtimoiy tarmoqlar ma’lumotlarini sinxronlashga, hamda analitik-hisoblagichlarga (Google, google-analytics.com , googletagmanager.com, gstatic.com, stats.g.doubleclick.net). Ushbu holatlarda trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik hamma yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan intrenet-to‘plamdan sarflanadi.

  • “Special Unlim” tarif rejasi uchun

    • Tarif rejasi doirasida taqdim etilgan limitlarning amal qilish muddati: daqiqa va SMS – 32 kun, yuqori tezlikdagi internet-trafik – kalendar oyning oxirigacha. Bundan oldingi oy limitlari ularning amal qilish muddatiga muvofiq amal qiladi. Yangi oylik davrning boshida limitlar oldingi davr limitlari bilan jamlanishi mumkin, bunda oldingi davr limitlarining amal qilish muddati uzaytirilmaydi.
    • Tarif rejasi doirasida abonent to‘lovining yechilishi hamda limitlarning belgilanishi har bir oyning birinchi kunida soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan vaqtda (yechilish vaqti qat’iy belgilanmagan) amalga oshadi Abonent to‘lovining yechilishi uchun abonent raqami Faol holatda bo‘lishi kerak. Agar abonent raqami bloklangan holatda bo‘lib qolsa, u holda abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi.
    • Agar abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent hisobi manfiy bo‘ladi va tarifda ko‘zda tutilgan limitlar to‘liq hajmda taqdim etiladi. Abonent raqami faol holatga o‘tishi bilan bu limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi. Mazkur holatda tarif rejasi abonent to‘lovi abonent raqami faol holatga o‘tganida yechiladi.
    • Abonent to‘lovi yechilganidan so‘ng tarif rejasiga muvofiq limitlar belgilanadi. Yechilgan abonent to‘lovi tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovining keyingi yechilishi sanasini o‘zgartirmaydi, limitlarning amal qilish muddati ham surilmaydi.
    • Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun tarif rejasi doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval *102# va *868# USSD-so‘rovlari yordamida limitlar belgilanganligini albatta oldindan tekshirib olishni so‘raymiz. Daqiqalar, SMSlar va MBlar limitlari belgilanguniga qadar narxlash limitdan tashqari ko‘rsatilgan narxlarda amalga oshiriladi.
    • Mazkur tarif rejalariga boshqa tarif rejalaridan o’tishda/yangi ulanishda oylik abonent to’lovi mos holda yechiladi (oylik abonent to‘lovi qiymati va limitlar joriy oyning oxirigacha qolgan kunlar soniga mos tarzda yechiladi/belgilanadi), limitlarning amal qilish muddati joriy oyning oxirigacha qilib belgilanadi. Agarda tarifga o‘tish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun yetarlicha mablag‘ bo‘lmasa, abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi, bunda abonent hisobi manfiy bo‘ladi va tarifda ko‘zda tutilgan limitlar to‘liq hajmda taqdim etiladi.
    • Special Unlim tarif rejasi abonentlari uchun «Qadrdonlar» sodiqlik dasturi amal qiladi.
    • Tarif rejasidagi limitlar doirasida taqdim etilgan daqiqalar axborot-ko‘ngilochar xizmatlarga hamda xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi.
    • Tarif rejasi doirasida taqdim etilgan limitlar roumingdagi abonentlar uchun amal qilmaydi.
    • Special Unlim tarif rejasi abonentlari uchun «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi», «Raqamni saqlab qolish», «SMS-to‘plamlar», «Xalqaro SMS-to‘plamlar», «Butun dunyo» va «Do‘stim hisobidan SMS» xizmatlari amal qiladi.
    • Special Unlim yangi tarif rejasi abonentlari uchun «Tungi internet-to‘plamlar», «Internet Mega Boom», «Tungi internet-to‘plamlar», «VIP», «Tarmoq ichida qulay», “Oson almashuv” va «O‘zbekiston bo‘yicha qulay» xizmatlari amal qilmaydi.
    • Special Unlim tarif rejasiga o‘tishda daqiqalar (O‘zbekiston bo‘yicha) va internet limitlarining qoldiqlari amal qilmaydi.
    • Special Unlim tarifidan boshqa tariflarga o‘tishda, taqdim etilgan cheksiz internet-trafik hamda tarmoq ichidagi va O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar amal qilmaydi.
    • 27.04.2020-yildan “Special Unlim” tarif rejasi abonentlari “Yengil hafta” tarif rejasidan tashqari boshqa ochiq tarif rejalariga o‘tishlari mumkin.
    • iTV va Mediabay xizmatlar «Drive», «Special Unlim», «Uchar internet» tarif rejalarida va «COSMO» tarif rejalar tizimida amal qilmaydi.
  • “Special 35”, “Special 55”, “Special 80” va “Special 125” tarif rejalari uchun

    • Tarif rejalari yangi ulanishda va o‘tishda Prepaid tizimi abonentlari uchun amal qiladi.
    • Oylik abonent to‘lovi har oyda kalendar oyining 1-sanasiga bog‘lanmagan holda yechiladi: agar abonent tarif rejasiga 24-sanada ulansa/o‘tsa, u holda keyingi oylik abonent to‘lovi keyingi oyning 24-sanasida yechiladi. Agar abonent 31-sanada ulangan/o‘tgan bo‘lsa, u holda keyingi oylik abonent to‘lovi 30-sanada, fevral oyining 28/29-sanasida, agarda keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa, unda 31-sanasida yechiladi.
    • Tarif rejasi doirasidagi oylik limitlar faqat joriy davr uchun tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi samarali yechilganidan keyingina belgilanadi. Tarif rejasi doirasida taqdim etilgan oylik limitlar belgilangan vaqtidan boshlab 32 kun davomida amal qiladi. Bunda oldingi oy limitlari ularning amal qilish muddatiga muvofiq amal qiladi. Oylik limitlardan abonentlar faqat faol holatda foydalanishlari mumkin.
    • Tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovining yechilishi hamda oylik limitlarning belgilanishi har oyda soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan vaqtda (yechilish vaqti qat’iy belgilanmagan) amalga oshadi. Tarif rejasiga ulanish yoki o‘tish sanasi oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi hisoblanadi. Oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun abonent raqami faol holatda bo‘lishi kerak. Agar abonent raqami bloklangan holatda bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi.
    • Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent hisobi manfiy bo‘lib, tarifda ko‘zda tutilgan oylik limitlar to‘liq hajmda taqdim etiladi. Abonent raqami faol holatga o‘tishi bilan bu kunlik limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
    • Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent raqami bloklangan holatda bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi. Bunday holatda abonent raqami faol holatga o‘tganida, oylik abonent to‘lovi quyidagicha yechiladi:
    - Agar Kompaniya tizimi abonent to‘lovini yechishga urinmasidan AVVAL abonent raqami faol holatga o‘tgan bo‘lsa – navbatdagi tunda, soat 00:01 dan to 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) yechiladi. Abonent to‘lovini yechishga urinish yuqorida ko‘rsatilgan muddat davomida bir marta amalga oshiriladi.
    - Agar Kompaniya tizimi abonent to‘lovini yechishga uringanidan SO‘NG abonent raqami faol holatga o‘tgan bo‘lsa – undan keyingi tunda, soat 00:01 dan to 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) yechiladi. Abonent to‘lovini yechishga urinish yuqorida ko‘rsatilgan muddat davomida bir marta amalga oshiriladi.
    • Oylik abonent to‘lovi yechilganidan so‘ng abonentning tarif rejasiga muvofiq limitlar belgilanadi. Yechilgan oylik abonent to‘lovi tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovining keyingi yechilishi sanasini o‘zgartirmaydi, limitlarning amal qilish muddati ham surilmaydi.
    • Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun tarif rejalari doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval limitlari belgilanganligini *102# va *103# USSD-so‘rovlari yordamida albatta tekshirib olishni tavsiya etamiz. Limitlar belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar, SMSlar va internet MBlari limitdan tashqari ko‘rsatilgan narxlarda narxlanadi.
    • Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida, agar bloklangan holatdan chiqqandan so‘ng oylik abonent to‘lovi yechilmagan bo‘lsa, *255# USSD-so‘rovi yordamida «Restart» xizmatini faollashtirishni tavsiya etamiz. Mazkur xizmat samarali faollashtirilganidan so‘ng abonent hisobidan oylik abonent to‘lovi yechiladi va tarif rejasi doirasidagi limitlar belgilanadi; oylik davr va limitlarning amal qilish muddati esa «Restart» xizmati oxirgi marta samarali faollashtirilgan kunidan bir oy keyingi sanadan o‘rnatiladi. Eslatib o‘tamiz, tarif doirasidagi limitlardan faqat raqam Faol holatda bo‘lsagina foydalanish mumkin.
    • Yangi ulanishda/o‘tishda, agar abonent balansi musbat holatda bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi va limitlar to‘liq hajmda (qolgan kunlar uchungina emas) yechiladi va belgilanadi.
    • Special tizimidagi yangi tarif rejalari abonentlari uchun «Qadrdonlar!» sodiqlik dasturi amal qiladi.
    • Tarif rejalarining limitlari doirasida taqdim etilgan daqiqalar axborot-ko‘ngilochar xizmatlarga hamda xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi.
    • Tarif rejalari doirasida taqdim etilgan limitlar roumingdagi abonentlar uchun amal qilmaydi.
    • Special tizimidagi yangi tarif rejalari abonentlari uchun «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi», «Tungi Internet», «Qulay daqiqalar» va «Raqamni saqlab qolish», «Limitlarni almashtirish» xizmatlari, shuningdek «2 GB» aksiyasi amal qiladi.
    • Special tizimidagi yangi tarif rejalari abonentlari uchun «Tarmoq ichida 0», VIP xizmatlari hamda «Tarmoq ichida qulay», «O‘zbekiston bo‘yicha qulay» xizmatlar to‘plamlari amal qilmaydi.
    • Special tarif rejalaridan “Kayfiyat” tizimining tarif rejalariga o‘tishda (“Superkayfiyat” tarifidan tashqari) O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar limitining qoldig‘idan tarmoqdan tashqari qo‘ng‘iroqlar yo‘nalishida foydalanish mumkin bo‘ladi.
    • Special tizimidagi yangi tarif rejalariga Special («Daqiqalar» va «Megabaytlar» opsiyasi), Special Mini, Special Mix, Special Super, Special X hamda Best tarif rejalari abonentlari ham o‘tishlari mumkin.
    • Special tizimidagi yangi tarif rejalariga o‘tganda Special («Daqiqalar» va «Megabaytlar» opsiyasi), Special Mini, Special Mix, Special Super, Special X tarif rejalari doirasida O‘zbekiston bo‘yicha belgilangan daqiqalar limiti qoldig‘ini *109# USSD-so‘rovi yordamida tekshirish mumkin.
    • Special tizimidagi yangi tarif rejalariga o‘tishda Special («Megabaytlar» opsiyasi) tarif rejasi doirasidagi tungi internet-trafik limitidan foydalanib bo‘lmaydi.
    • Special tizimidagi yangi tarif rejalariga o‘tishda Special («Daqiqalar» opsiyasi) tarif rejasi doirasidagi tarmoqdan tashqari yo‘nalishlarga belgilangan qo‘ng‘iroqlar limiti O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun sarflanadi.
    • 27.04.2020-yildan “Special 35”, “Special 55”, “Special 80” va “Special 125” tarif rejalari abonentlari “Yengil hafta” tarif rejasidan tashqari boshqa ochiq tarif rejalariga o‘tishlari mumkin.
    • Mazkur tarifda “chiroyli raqam” ulatishda hisobni to‘ldirgandan keyin *102* va *103# USSD-so‘rovlari yordamida abonent to‘lovi yechilganligi hamda limitlar belgilanganligini tekshirish lozim. Agar hisob to‘ldirilgandan keyin abonent to‘lovi yechilmasa Restart xizmatidan foydalanishni maslahat beramiz.
    • Yangi davrning boshida belgilangan limitlar oldingisi bilan jamlanishi mumkin, ammo oldingi belgilangan limitlarning amal qilish muddati uzaytirilmaydi.
    •  iTV va Mediabay xizmatlar «Drive», «Special Unlim», «Uchar internet» tarif rejalarida va «COSMO» tarif rejalar tizimida amal qilmaydi.
    • Internet xizmatlaridan foydalanuvchi abonentlarga mablag‘larni rezervatsiya qilish tizimi va 4G tarmog‘ining ishlash xususiyati haqida qo‘shimcha ma’lumot bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.
  • Special Unlim tarif rejasi uchun “Reset” xizmati shartlari
    1. «Reset» xizmati faollashtirganda, abonentlar oylik cheklovlari (shu jumladan yuqori tezlikdagi internet-trafikni) oyning istalgan kunida yangilaydilar va taqdim etilgan limitlar joriy oyning oxirigacha amal qiladi.
    2. «Reset» xizmati *222# USSD-so‘rovi yordamida faollashtiriladi.
    3. « Reset» xizmatidan raqami Faol holatda bo‘lgan abonentlar foydalana oladilar.
    4. «Reset» xizmatini yoqtirish narxi 139 000 so’m. Xizmatni 1-kundan keying bir oy ichida faollashtirilganda, xizmat narxi joriy oyning oxirigacha qolgan kunlar soniga mutanosib ravishda o’zgaradi. Bunday holda, limitlar joriy oyning oxirigacha qolgan kunlar soniga mutanosib ravishda belgilanadi va ishlaydi.
    5. Agar «Reset» xizmatini faollashtirish paytida abonent hisobida abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent hisobi qarzga kiradi va abonent to‘lovida ko‘zda tutilgan limitlar oyning oxirigacha qolgan kunlar uchun belgilanadi. Abonent raqami faol holatga o‘tishi bilan bu limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
  • “Special 35”, “Special 55”, “Special 80” va “Special 125” tarif rejalari uchun Restart xizmati shartlari

    1. Restart xizmati *222# USSD-so‘rovi yordamida faollashtiriladi.
    2. Restart xizmatidan abonentlar raqami Faol holatda bo‘lganida foydalana oladilar.
    3. Restart xizmati abonentga mustaqil tarzda tarif rejasi shartlari bo‘yicha oylik abonent to‘lovini faollashtirish va oylik limitlarni olish imkonini beradi. Restart xizmatini faollashtirganidan so‘ng abonentning oylik davri mazkur xizmatning so‘nggi samarali faollashtirilgan kuniga muvofiq yangilanadi.
    4. Restart xizmatini faollashtirganidan so‘ng abonent hisobidan to‘liq oylik abonent to‘lovi yechiladi va abonentning tarif rejasi oylik abonent to‘lovi doirasida to‘liq oylik limitlar belgilanadi. Keyinchalik abonentdan oylik abonent to‘lovi abonentning yangi oylik davriga muvofiq yechiladi. Oylik abonent to‘lovining yechilishi va oylik limitlarning belgilanishi abonentning tarif rejasi shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
    5. Agar Restart xizmatini faollashtirish paytida abonent hisobida abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent hisobi qarzga kiradi va oylik abonent to‘lovida ko‘zda tutilgan limitlar to‘liq hajmda taqdim etiladi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan bu limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
    6. Restart xizmati samarali faollashtirilganida, limitlarning amal qilish muddati mazkur xizmat faollashtirilganidan 32 kunga o‘rnatiladi.
    7. Restart xizmati samarali faollashtirilganida, abonentga 1 oy muddatli yangi oylik davr belgilanadi.
    8. "Restart" xizmatidan sutkasiga faqat 1 marta foydalanish mumkin (joriy sutkaning boshidan, 00:00 dan 23:59 gacha)
  • “2 GB” 10 000 so‘mga va “3 GB” 15 000 so‘mga aksiyasi
    Aksiya doirasida 10 000 so‘mga 2 GBlik va 15 000 so‘mga 3 GBlik internet-to‘plamni ulash shartlari:

    • Internet-to‘plamni faqat joriy oy uchun oylik abonent to‘lovi yechilganidan so‘ng yechilganidan so‘ng ulatish mumkin;
    • Bir abonent 10 000 so‘mga 2 GBlik internet-to‘plamni joriy oyda 2 marta ulashi mumkin;
    • Bir abonent 15 000 so‘mga 3 GBlik internet-to‘plamni joriy oyda 1 marta ulashi mumkin;
    • Internet-to‘plam avtomatik tarzda belgilanish funksiyasi bilan yoqiladi;
    • Internet to'plamni *255# USSD-so'rovi orqali ulash/o'chirish mumkin;
    • Internet-trafik qoldig‘ini tekshirish *107# USSD-so'rovi orqali amalga oshiriladi;
    • Yangi ulatganda, ortiqcha xarajatlarning oldini olish maqsadida, internetdan foydalanishdan avval yangi internet-to‘plam belgilanganligini tekshirish zarur;
    • Avtomatik tarzda belgilanish funksiyasi faol vaqtida xizmat yoqilganidan keyin 30 kun o‘tib (sotib olingan to‘plamga muvofiq), abonent hisobida yetarli mablag‘ bo‘lsa, tizim oldin xarid qilingan hajmdagi to‘plamni yangidan belgilaydi. Bu holda avval xarid qilingan to‘plamdan qolgan trafik nolga tenglashtiriladi. Yangi internet-to‘plam trafigi xizmat ulanganidan yoki avtomatik tarzda belgilanganidan keyingi 31-kuni, yangi to‘plam uchun mablag‘ yechib olinganidan so‘ng soat 00:00 dan boshlab belgilanadi;
    • Avtomatik tarzda belgilanish funksiyasi ochirilgan bo‘lsa, internet-to‘plam faollashtirilgan kundan 30 kun o‘tgach, trafik qoldig‘i nolga tenglashtiriladi;
    • Internet-to‘plamdagi trafikdan faqat raqam Faol holatda bo‘lganidagina foydalanish mumkin.

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Raqam tanlash

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Ofisni to'pish

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.