UCELL abonentlarini “APEX INSURANCE” AJ bilan sug‘urtalash – bu Kompaniyaning shaxsiy ofislarida abonentlarimiz uchun mavjud bo‘lgan yangi qo‘shma xizmat turi hisoblanadi.
APEX INSURANCE bilan siz o'zingiz uchun qadrli bo'lgan barcha narsalarni sug'urta qilishingiz mumkin bo’ladi.
Ucell abonentlari uchun sug‘urtaning afzalliklari:
Tezkor - sug'urta xizmatini ro'yxatdan o'tkazish do'stona Ucell ofisida 1 daqiqa ichida amalga oshiriladi.
Oddiy va tushunarli mahsulotlar;
Polisga ega bo’lish uchun hech qanday hujjatlar talab etilmaydi;
Sug'urta obyektini tekshirish yoki sug'urtalangan shaxsga so'rovnoma to’ldirish talab etilmaydi;
Oila a’zolari va do'stlar uchun sovg'a sifatida ham olish mumkin;
Belgilangan sug'urta summasi va sug'urta mukofoti.
JSh mol-mulkini sug‘urtalash – jismoniy shaxslarning mol-mulklarini sug‘urtalash.
Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash – sug‘urtalanuvchining o‘z sog‘lig‘ini yo‘qotishi yoki o‘limi tufayli kelib chiquvchi ziyonni qoplashga mo‘ljallangan shaxsiy sug‘urta turi.
Sug‘urtalashning boshqa turlari.
«COSCOM» MChJ Kompaniyasining o‘z ofislarida:
«Ucell – Markaziy»: Toshkent sh. Shahrisabz ko‘chasi 1-uy.
«Ucell – Tashkent»: Toshkent sh. V.Vohidov 118-uy.
• Payme ilovasi,
• Apelsin ilovasi
• PayNet terminallari
• Kapital Bank terminallari.
*Ro‘yxatdan o‘tish uchun abonentning yonida shaxsni tasdiqlovchi hujjati bo‘lishi lozim.
Sug‘urta mahsulotlari / sug‘urtalash turlari:
Yoshi katta qarindoshlaringiz, ota-onangiz, qarindoshlaringiz bormi? Demak, bu dastur siz uchun. An’anaga ko‘ra, mamlakatimizda keksa avlod vakillariga juda hurmat bilan munosabatda bo‘linadi. Ko‘pgina mijozlarimiz ushbu dasturni sotib olishadi.
Abonent qarindoshlarini sug’urtalash dasturi - Bu Ucell abonentlarining qarindoshlari (ota-onalari/farzandlari) uchun kutilmagan jarohatlar va sog‘liq uchun xavfli oqibatlarga olib keladigan hodisalarga yechim. APEX INSURANCE vaqtinchalik ishga yaroqsizlik, nogironlik, yuqumli kasalliklar, davolanish va kasalxonaga yotqizish xarajatlarini qoplash bilan bog‘liq xavflarni qoplap beradi.
Farzandlaringiz bormi? – Unda biz sizga ushbu mahsulotni xarid qilishni maslahat beramiz. Barcha mehribon ota-onalar farzandlari haqida qayg‘uradilar. Hamma narsani nazorat qilish har doim ham mumkin emas. Ushbu dastur barcha bolalaringizni bir vaqtning o‘zida baxtsiz hodisadan himoya qiladi. Aksariyat mijozlarimiz o‘z farzandlari foydasiga sug‘urta polisini olishadi.
Nosoz quvurlar yoki simlar suv toshqini yoki yong‘inga olib kelishi mumkin. APEX INSURANCEdan “Mening uyim” polisi bilan zararni qoplash oson bo‘ladi.
Sug‘urta kompaniyasi yong‘in, o‘g‘irlik, uyda suv toshishi natijasida yetkazilgan zararni to‘laydi yoki siz uchun qo‘shnilaringizning zararini qoplab beradi.
Siz avtomobil egasimisiz? Unda Sizga OSAGO sug‘urta polisi kerak bo‘ladi. OSAGO polisini sotib olish ancha osonlashdi. Bizning ofislarimizda siz OSAGO sug‘urta polisini elektron shaklda rasmiylashtirishingiz mumkin.
KASKO polisi – bu butun yil davomida o‘z avtomobili uchun klassik to‘liq sug‘urta qoplamasini sotib olishni va cheklovlarsiz boshqarishni xohlaydigan haydovchilar uchun himoyadir. Baxtsiz hodisa, yong‘in, tabiiy ofat, avtomobilga begona narsalar tushishi va boshqa xavf-xatarlardan avtomobil sug‘urtasi.
Xizmatni ulash narxi -
Agar siz Ucell abonenti bo‘lsangiz, siz tanlangan xizmatni yoqishingiz mumkin.
Buning uchun raqamingiz yoki bir martalik parol kiritib maqsadingizni tasdiqlang
Iltimos, so’rov amalga oshishini kutib turing ...
Xizmatni faollashtirish muvaffaqiyatli bo‘ldi
Bir martalik parol ko‘rsatilgan raqamga SMS orqali jo‘natildi.
Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.
Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.
Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.
Diqqat!