Hurmatli Abonentlar! Diqqat qiling! 2018-yil 22-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. O‘zbekiston Respublikasining 155 va 278-moddalariga muvofiq telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosigacha ko‘zda tutilgan. Batafsil Agar o‘zingizga bo‘lgan qo‘ng‘iroq xorijdan ekanligini bilsangiz, lekin telefoningiz O‘zbekiston operatorlaridan birining telefon raqamini ko‘rsatsa, bunday hollarda telefoningizda ko‘rsatilgan raqam haqida ma’lumot berishingizni so‘raymiz:
Hamkorlik uchun oldindan rahmat! |
«Speak Up» telefon liniyasi. Sizni Bosh direktor eshitadi. Hurmatli fuqarolar! Kompaniyada korrupsiya holatlari haqidagi ovozli xabarlarni qabul qilish uchun +998-94-9006666 raqamli «Speak Up» tarmog‘i hamda «Speak Up» tarmog‘i uchun veb-portal faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuni yodda tutishingizni so‘raymizki, «Speak Up» tarmog‘i orqali tushuvchi barcha murojaatlar ro‘yxatga olinadi va qo‘ng‘iroq qiluvchining anonimligi saqlanishi shartlarida yozib olinadi. Har qanday korrupsiya holatlari haqida audioxabar yoзish uchun Sizda ikki daqiqa (120 soniya) vaqt bo‘ladi. «Speak Up» tarmog‘idan foydalanishdan avval ushbu havola orqali o‘tib, «COSCOM» MChJning «Speak Up» tarmog‘i bo‘yicha kelib tushuvchi murojaatlar bilan ishlash Reglamenti bilan yaxshilab tanishib chiqishingizni so‘raymiz. Ishonamizki, xizmat odob-axloqi qoidalarining buzilishiga nisbatan o‘z vaqtida chora ko‘rilishi mas’ul xodimlar tomonidan o‘z xizmat vazifalariga so‘zsiz rioya etilishi va ularning qat’iy bajarilishiga olib keladi; Kompaniyaning yuksak imijini saqlashga yordam beradi. |
Hurmatli abonentlar!
Kompaniya shundan ogohlantiradiki, internet tarmog‘ida https://ucell.new-notice.com/mob_op/uz/ucell/01/B-1s9-app-bb-tm2.html firibgarlik sayti paydo bo‘lgan; unda go‘yoki Ucell kompaniyasining 23 yilligiga bag‘ishlab viktorina o‘tkazilmoqda va yutuqqa Galaxy Samsung S9+ telefoni qo‘yilgan. Barcha savollarga javob bergan taqdirda anketani to‘ldirish va valyutali plastik kartasidan 1$ hajmida pul mablag‘i o‘tkazish zarurligi haqida xabar paydo bo‘ladi. Kutilmagan xarajatlarning oldini olish maqsadida sizlardan firibgarlarning hiylalariga uchmaslikni so‘raymiz.
Mobil firibgarlar bilan bog‘liq voqealarning soni ko‘payib borayotgani sabab, Ucell – ortiqcha moliyaviy yo‘qotishlarning oldini olish uchun abonentlarni hushyorlikka chorlaydi.
Abonentning shaxsiy hisobidan ruxsatsiz mablag‘ yechib olinishiga sabab bo‘lgan quyidagi mobil firibgarlik turlarining chizmalari keng tarqalgan:
Diqqat! Agarda Siz yuqorida keltirib o‘tilgan holatlarga duch kelgan bo‘lsangiz, Siz firibgarlikning qurboniga aylanishingiz mumkin. Mobil firibgarlik oqibatlarini oldini olish uchun, iltimos, quyida keltirilgan ehtiyotkorlik choralarini ko‘ring:
Ucell mijozlarini qo‘llab-quvvatlash markazi
|
Bog‘lanish
raqamlari
|
Ishlash tartibi
|
Ucell abonentlari uchun
|
8123
|
24 soat davomida
|
Boshqa mobil operatorlarining abonentlari uchun
|
+998(93)1800000 +998(93)1810000
|
|
Shahar telefonlari uchun
|
93 1800000
93 1810000
|
Ota-onalarga tavsiyalar:
Xizmat turi
|
Yangi raqam
|
Yong‘in xavfsizligi
|
101
|
Militsiya
|
102
|
Tez yordam
|
103
|
Gaz xizmati
|
104
|
Ma‘lumot olish
|
109
|
Qutqaruv xizmati
|
1050
|
Boshqa xizmatlar
|
10ХХ
|
Ucell o‘z mijozlarini mobil xizmatlarning vijdonsiz foydalanuvchilaridan hamda mobil firibgarlardan himoya qilishga harakat qiladi.
Biz Sizni ko‘zlanmagan salbiy vaziyatlardan asraymiz! Siz har doim "Shaxsiy kabinet" orqali "Firibgarlikda shubhalanish" bo‘limini tanlab murojaat qilishingiz yoki Ucell mijozlarini qo‘llab-quvvatlash markaziga qo‘ng‘iroq qilsangiz, mutaxassislar Sizga bajonidil yordam berishadi!
Mehr va e’tibor bilan, Sizning Ucell!
Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.
Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.
Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.
Diqqat!