Ma’lumotlar
To‘lov usuli
100 000 000 сумов за подписку



Ucelldan «Obuna evaziga 100 000 000 so‘m» tanlovi!

Ishtirok eting va g‘olib bo‘ling!

@UcellMillionBot
 
 

 

@UcellMillionBot Telegram-botiga o‘ting va oddiy yo‘riqnomalarga amal qiling;

@Ucell Telegram-kanaliga obuna bo‘ling va do‘stlaringizni taklif eting;

Pul miqdoriga ega yuzlab sertifikatlardan birining sohibiga aylaning! Yutuqli o‘yin va to‘lashlar har 10 kunda o‘tkaziladi!



Do‘stlar ko‘p bo‘lsa – mukofot miqdori ham ko‘p bo‘ladi!


Kanalga taklif qilingan do‘stlar soni 1-3 nafar do‘st 4-6 nafar do‘st 7-9 nafar do‘st 10 nafar va undan ko‘proq
Daromad solig‘i olingandan keyingi sertifikat nominali 500 000 so‘m
45 dona
1 000 000 so‘m
27 dona
1 500 000 so‘m
18 dona
2 500 000 so‘m
10 dona
 
 


Tanlovlar qachon bo‘lib o‘tadi?


Tanlov № Sanasi Muddati
1 29.07.2021 г. 19.07.2021 – 28.07.2021
2 09.08.2021 г. 29.07.2021 – 07.08.2021
3 18.08.2021 г. 08.08.2021 – 17.08.2021
4 18.08.2021 г. 08.08.2021 – 17.08.2021
5 30.08.2021 г. 18.08.2021 – 27.08.2021
6 07.09.2021 г. 28.08.2021 – 06.09.2021
7 17.09.2021 г. 07.09.2021 – 16.09.2021
8 27.09.2021 г. 17.09.021 – 26.09.2021
9 07.10.2021 г. 27.09.2021 – 06.10.2021
10 18.10.2021 г. 07.10.2021 – 16.10.2021
 
 
  • Qatnashish qoidalari va shartlari

    «Obuna evaziga 100 000 000 so‘m» tanlovi qoidalari va shartlari.

    1. Umumiy qoidalar:
    1.1. Promo-tanlov uyali aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi "COSCOM" MChJ, "Ucell" savdo belgisi (keyingi o‘rinlarda – Tashkilotchi) tomonidan tashkillashtirilgan.
    1.2. "Obuna evaziga 100 000 000 so‘m" promo-tanlovi – bu Tashkilotchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladigan promo-tanlov (keyingi o‘rinlarda – Tanlov).
    1.3. Tanlovda faqat 18 yoshga to‘lgan, Kompaniyaning Telegram-kanaliga (https://t.me/ucell) obuna bo‘lgan, "COSCOM" MChJ abonentlari bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar jismoniy shaxslar ishtirok etadi.
    1.4. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining norezident-abonentlari, tashkilotchining xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari, tashkilotchining dilerlari va ularning yaqin qarindoshlari (turmush o‘rtog‘i, ayoli, bolalari, ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari) ishtirok etishlari taqiqlanadi. Ushbu shaxslar sovrinlarga talabgor bo‘la olmaydi. Tanlovda g‘olib bo‘lgan taqdirda, sovrin «COSCOM» MChJda qoladi va yana abonentlar o‘rtasida o‘ynaladi.
    1.5. Tanlovning boshlanishi: tanlov nashrlari (tanlov postlari) ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda, Kompaniya sahifalarida, kanallarida va guruhlarida joylashtirilgan paytdan boshlab.
    1.6. Musobaqa muddati 19.07.2021 dan 18.10.2021 gacha.
    1.7. Sovrinlar – pul mukofotini olish huquqini beruvchi har xil nominaldagi pul sertifikatlari.

    2. Tanlovni o‘tkazish tartibi:
    Telegram messenjerida ishtirok etish shartlari:
    • Ucellning https://t.me/ucell Telegram-kanaliga obuna bo‘lish;
    • Tanlovning https://t.me/UcellMillionBot Telegram botiga o‘tish va ko‘rsatmalarga amal qilish;
    • Yo‘naltiruvchi havila orqali do‘stlarni Ucell kanaliga taklif qilish va pul sertifikatlaridan birini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lish;
    • Ishtirokchi qancha ko‘p do‘stlarni taklif qilsa, u yutib olishi mumkin bo‘lgan sertifikatlarning miqdori shuncha ko‘p bo‘ladi:

    Kanalga taklif qilingan do‘stlar soni 1-3 nafar do‘st 4-6 nafar do‘st 7-9 nafar do‘st 10 nafar va undan ko‘proq
    Daromad solig‘i olingandan keyingi sertifikat nominali 500 000 so‘m
    45 dona
    1 000 000 so‘m
    27 dona
    1 500 000 so‘m
    18 dona
    2 500 000 so‘m
    10 dona

    2.1.5. Tanlov tashkilotchisi ("COSCOM" MChJ), bu haqda tanlov publikatsiyalari doirasida ishtirokchilarga oldindan xabar bergan holda, tanlov muddatlari va shartlarini o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

    3. Sovrinlarni olish shartlari va tartibi:
    3.1. Har bir ishtirokchi Kompaniyaning rasmiy veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlardagi Ucell sahifalarida e’lon qilinadigan tanlov g‘oliblari natijalari va ro‘yxatlarini mustaqil ravishda bilib olishi kerak.
    3.2. Tanlov g‘olibini taqdirlash tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 30 kun ichida amalga oshiriladi.
    3.3. Sovrinni qo‘lga kiritgan g‘olib, tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida Kompaniyaning Facebook yoki Instagramdagi sahifasiga yoki marketing@ucell.uz elektron pochta manziliga ismi va raqami yozilgan holda xabar yuborishi kerak.
    3.4. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash Tashkilotchining qaroriga binoan amalga oshiriladi, qo‘shimcha ma’lumot sovg‘a topshiriladigan joyda taqdim etiladi.
    3.5. Sovrin – pul mukofoti sertifikati O‘zbekistonning hududlaridan birida yashovchi tanlov g‘olibiga eng yaqin Tashkilotchining ofisida, g‘olibning 3.12-bandga rioya qilgan holatida taqdim etiladi.
    3.6. Pul mukofoti, 3.12-bandga muvofiq barcha hujjatlar topshirilgan kundan boshlab 45 kun ichida g‘olib tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda raqami ko‘rsatilgan bank kartasiga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq shaxsiy daromad solig‘i yechib olinishi orqali o‘tkaziladi.
    3.7. Bir sovrinni boshqasiga almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
    3.8. Tanlov g‘oliblari barcha ishtirokchilar o‘rtasida tasodifiy raqamli xizmatlardan foydalanib, taklif etilgan do‘stlar soni bo‘yicha alohida aniqlanadi. G‘oliblar ro‘yxati bilan birgalikda tanlovning barcha natijalari “COSCOM” MChJning www.ucell.uz veb-saytida e’lon qilinadi.
    3.9. Tanlovning butun davri mobaynida 10 ta yutuqli o‘yin o‘tkaziladi:

    Tanlov № Sanasi Muddati
    1 29.07.2021 г. 19.07.2021 – 28.07.2021
    2 09.08.2021 г. 29.07.2021 – 07.08.2021
    3 18.08.2021 г. 08.08.2021 – 17.08.2021
    4 18.08.2021 г. 08.08.2021 – 17.08.2021
    5 30.08.2021 г. 18.08.2021 – 27.08.2021
    6 07.09.2021 г. 28.08.2021 – 06.09.2021
    7 17.09.2021 г. 07.09.2021 – 16.09.2021
    8 27.09.2021 г. 17.09.021 – 26.09.2021
    9 07.10.2021 г. 27.09.2021 – 06.10.2021
    10 18.10.2021 г. 07.10.2021 – 16.10.2021

    3.10. Sovrin jamg‘armasining umumiy byudjeti:
    • Daromad solig‘i yechib olinmaganda 115 340 909.09 so‘m (Bir yuz o‘n besh million uch yuz qirq ming to‘qqiz yuz to‘qqiz so‘m, to‘qqiz tiyin).
    • Daromad solig‘i yechib olinganda 105 000 000.00 so‘m (Bir yuz besh million).

    Kanalga 1-3 nafar do‘st taklif qilinganida
    Daromad solig‘i yechib olinmaganda sertifikat nominali (so‘m) Daromad solig‘i yechib olinganda sertifikat nominali
    (so‘m)
    Yutuqli o‘yinlar soni Yutuqli o‘yin uchun sertifikatlar soni Sertifikatlarning umumiy soni Daromad solig‘i yechib olinmaganda sertifikatlarning umumiy nominali (so‘m) Daromad solig‘i yechib olinganda sertifikatlarning umumiy nominali
    (so‘m)
    568,181.82 500,000 10 4 40 22,727,273 20,000,000

    Kanalga 4-6  nafar do‘st taklif qilinganida
    Daromad solig‘i yechib olinmaganda sertifikat nominali (so‘m) Daromad solig‘i yechib olinganda sertifikat nominali
    (so‘m)
    Yutuqli o‘yinlar soni Yutuqli o‘yinuchun sertifikatlar soni Sertifikatlarning umumiy soni Daromad solig‘i yechib olinmaganda sertifikatlarning umumiy nominali (so‘m) Daromad solig‘i yechib olinganda sertifikatlarning umumiy nominali
    (so‘m)
    1,136,363.64 1,000,000 10 3 30 34,090,909 30,000,000

    Kanalga 7-9 nafar do‘st taklif qilinganida
    Daromad solig‘i yechib olinmaganda sertifikat nominali (so‘m) Daromad solig‘i yechib olinganda sertifikat nominali
    (so‘m)
    Tanlovlar soni Tanlov uchun sertifikatlar soni Sertifikatlarning umumiy soni Daromad solig‘i yechib olinmaganda sertifikatlarning umumiy nominali (so‘m) Daromad solig‘i yechib olinganda sertifikatlarning umumiy nominali
    (so‘m)
    1,704,545.45 1,500,000 10 2 20 34,090,909 30,000,000

    Kanalga 10 nafar va undan ortiq do‘st taklif qilinganida
    Daromad solig‘i yechib olinmaganda sertifikat nominali (so‘m) Daromad solig‘i yechib olinganda sertifikat nominali
    (so‘m)
    Yutuqli o‘yinlar soni Yutuqli o‘yinuchun sertifikatlar soni Sertifikatlarning umumiy soni Daromad solig‘i yechib olinmaganda sertifikatlarning umumiy nominali (so‘m) Daromad solig‘i yechib olinganda sertifikatlarning umumiy nominali
    (so‘m)
    2,840,909.09 2,500,000 10 1 10 28,409,091 25,000,000

    3.11. G‘oliblarni taqdirlash tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 30 kun ichida amalga oshiriladi.
    3.12. Sovrinni olish uchun g‘olib Tashkilotchiga quyidagilarni taqdim etishi kerak:
    • Tanlovda g‘olib bo‘lgan akkauntga egalik huquqi;
    • G‘olib pasportining asli;
    • G‘olib STIR sertifikatining nusxasi;
    • Tashkilotchi tomonidan daromad solig‘ini ushlab qolishga rozilik;
    • So‘mdagi bank kartasining raqami, agar karta bo‘lmasa, pul mukofotini g‘olibning plastik kartasiga o‘tkazish uchun bank kartasini ochishingiz va raqamini taqdim etishingiz kerak.
    • Bank kartasi ochilgan bank tomonidan xat, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
    - G‘olibning to‘liq ismi-sharifi;
    - Bank tranzit hisobi, MFO, STIRni o‘z ichiga olgan rekvizitlar va bank plastik kartasi raqami.

    4. Tanlovning qo‘shimcha shartlari:
    4.1. Tanlovda ishtirok etish orqali ishtirokchi ushbu qoidalar bilan to‘liq tanishganligini va shartlarga rozi ekanligini tasdiqlaydi.
    4.2.1 Tanlov g‘oliblarini aniqlash ushbu qoidalarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
    4.2.2. G‘olib bo‘lgan taqdirda, aksiya ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar www.ucell.uz veb-saytida va Ucellning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida joylashtiriladi.
    4.2.3. G‘oliblar, shuningdek, fotosessiyalarda, reklama intervyularida, shu jumladan radio, televideniye va bosma nashrlardagi chiqishda ishtirok etadilar.
    4.2.4. G‘oliblar tanlov paytida va undan keyin o‘zlari ishtirok etgan audio, video, foto materiallardan foydalanishga rozilik bildiradilar.
    4.2.5. Aksiya g‘oliblari sovrinni olish bilan bog‘liq har qanday xarajatlar uchun faqat o‘zlari javobgardirlar.
    4.3. Tashkilotchi ushbu qoidalarda nazarda tutilgan hollardan tashqari, tanlov ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar va boshqa aloqalarni o‘rnatmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi.
    4.4. Tashkilotchi istalgan vaqtda Tashkilotchining veb-saytida (www.ucell.uz) tegishli ma’lumotlarni o‘zgartirishlar kiritilishidan 3 kundan kechiktirmay joylashtirgan holda tanlov qoidalarini o‘zgartirish huquqiga ega. Ishtirokchilar yangiliklarni mustaqil ravishda kuzatib borishlari shart.
    4.5. Tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha nizolar muzokaralar yo‘li bilan hal qilinishi kerak. Agar tinchlik yo‘li bilan kelishuvga erishishning iloji bo‘lmasa, nizo O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tegishli sudda ko‘rib chiqiladi.

    5. Tanlovda ishtirok etish
    5.1. Tanlovda ishtirok etadigan barcha uchun imkoniyatlar tengdir.
    5.2. Ushbu qoidalarning barcha shartlari bajarish uchun majburiydir.

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.